Migratsiya

Rossiyada ishlash uchun – Toshkentdagi "Saxarovo" migratsiya markazi filiali haqida

© SputnikFilial migratsionnogo tsentra v Tashkente
Filial migratsionnogo tsentra v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Endilikda patent olish uchun talab qilinadigan aksariyat hujjatlarni Oʻzbekistonda Rossiyaning Koʻp tarmoqli migratsiya markazi (KTMM)ning filialida rasmiylashtirish mumkin. Byudjet muassasasi Oʻzbekiston poytaxtidagi “Ishga marhamat” monomarkazi bazasida ochildi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik, Anna Jelixovskaya. KTMMda - Moskva va unga yaqin hududlarda ishlashni istagan oʻzbekistonliklarga patentni rasmiylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladi. Bundan tashqari, kasbiy malakani baholash, ish beruvchi bilan suhbat tashkil etish, mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatiladi.
Endi Rossiyada ishlashni istagan fuqarolar birlamchi hujjatlarni Toshkentda yangi ochilgan filialda toʻldirishi, ularni Moskvadagi KTMMga topshirishi va tezkor tartibda patent olishi mumkin. Monomarkaz oʻzbekistonliklarni Rossiya Federatsiyasida ishlashga jalb qilishni amalga oshiradi.

"Bugungi kunda mehnat migratlarini Moskva hududiga tashkillashtirilgan tanlov (orgnabor) orqali joʻnatishni rejalashtirmoqdamiz. Kelgusida markazimiz resurslaridan foydalanmoqchi boʻlgan fuqarolarning mustaqil migratsiyasi bilan ishlaydi. Tashkillashtirilgan tanlov doirasida ish beruvchi - Moskva migratsiya markazi va Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻrtasida shartnoma tuziladi, uning doirasida nomzodlarni tanlash, ularni Rossiya Federatsiyasi hududiga olib borish, moslashish va ish bilan taʼminlashda yordam beramiz"

Sergey Baldin
Moskva koʻptarmoqli migratsiya markazi bosh direktori
Moskva mehnat bozorida qanday mutaxassislarga talab boʻlishini tushunish uchun KTMMga "ish beruvchiga ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojlar roʻyxati"ni taqdim etiladi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda ariza koʻrib chiqiladi va nomzod tanlanadi. Ish beruvchi suhbat oʻtkazish uchun Toshkentga kelishi yoki videokonferentsiyadan foydalanishi mumkin. Shuningdek, nomzodning malakasini baholashi mumkin. Buning uchun bir monomarkazda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan - ish joylari va ish joyiga daʼvogar oʻz mehnat koʻnikmalarini namoyish qilishi uchun zarur vositalar mavjud. Tanlov jarayonida ish beruvchi yoki uning vakillari shaxsan ishtirok etishi mumkin.
© SputnikTseremoniya otkrыtiya filiala rossiyskogo migratsionnogo tsentra v Tashkente
Tseremoniya otkrыtiya filiala rossiyskogo migratsionnogo tsentra v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Tseremoniya otkrыtiya filiala rossiyskogo migratsionnogo tsentra v Tashkente

“Biz Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidagi hamkasblar bilan doimiy ravishda maʼlumot almashamiz. Nomzodlar va boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi allaqachon mavjud. Faoliyatimizga Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti jalb qilingan. Mehnat migrantlari, agar kerak boʻlsa, rus tilidan dars olishi mumkin. Bu Oʻzbekiston mablagʻlari hisobidan subsidiya qilinadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hududida patent olish uchun rus tili, qonunchilik asoslari va tarixdan imtihondan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikatni olish mumkin”

Sergey Baldin
Moskvadagi koʻp tarmoqli migratsiya markazi bosh direktori
Monomarkazda nomzodlar toʻgʻrisidagi anketa maʼlumotlari toʻplanadi va KTMM axborot markaziga taqdim etiladi. Keyin roʻyxatlar tuzilib, maʼlumotlar bazalari orqali tekshiriladi. Masalan, agar biror kishi ilgari biron bir huquqbuzarlik sodir etgan boʻlsa yoki Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish uchun cheklovlar mavjud boʻlsa, unda u patent ololmaydi.

“Biz ish beruvchiga - barcha maʼlumotlar axborot tizimi bazasiga kiritishdan tortib, chet el fuqarosining kirish uchun ruxsatnoma olishgacha kuzatuv jarayonini amalga oshiramiz. Shu tarzda, patent olish vaqti qisqaradi. Fuqaro Rossiyaga tayyor maʼlumot profili bilan keladi”

Sergey Baldin
Moskvadagi koʻp tarmoqli migratsiya markazi bosh direktori
Unga koʻra, Moskva KTMMda mehnat migrantlari 1,5 soat ichida tegishli protseduradan oʻtadi va 10 kun ichida patent olib, ish boshlaydi. Shuningdek, mehnat migrantlari uchun mobil ilova ham ishlab chiqildi.
© SputnikVstrecha predstaviteley RF i Uzbekistana dlya podpisaniya soglasheniya ob otkrыtii filiala migratsionnogo tsentra
Vstrecha predstaviteley RF i Uzbekistana dlya podpisaniya soglasheniya ob otkrыtii filiala migratsionnogo tsentra - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Vstrecha predstaviteley RF i Uzbekistana dlya podpisaniya soglasheniya ob otkrыtii filiala migratsionnogo tsentra
Moskvaga kelgandan soʻng, migrantlar duch keladigan birinchi narsa - bu yashash joyida roʻyxatdan oʻtish zarurati. Koʻpincha fuqarolar "rezina" kvartiralarda roʻyxatdan oʻtishadi, bu esa "ijarachilar" uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.
Mobil ilovada mehnat migrantiga kerakli barcha maʼlumotlar - vakansiyalar bazasidan tortib, chet elliklarga roʻyxatdan oʻtishda yordam berishni istagan fuqarolarning manzillari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud.

“Qisqa vaqt ichida biz Moskva KTMM vakolatxonasini Toshkentda ochish uchun juda koʻp ishlarni bajardik. Shu rejimda migratsiya markazimiz deyarli har kuni Oʻzbekiston tomoni bilan aloqada boʻldi. Bugungi kunda migrantlarni tashkillashtirilgan tanlovning deyarli 50 foizi Oʻzbekiston fuqarolari. Umid qilamanki, birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan ish beruvchi va ishchi oʻrtasida kerakli aloqa, Oʻzbekiston fuqarolarini mehnatga jalb qilish uchun eng shaffof sharoitlarni yaratib, Rossiya hududida mehnat qilishning huquqiy mexanizmini taʼminlaymiz"

Kirill Purtov
Moskva hukumati vaziri, Moskva iqtisodiy siyosati va rivojlanish boshqarmasi boshligʻi
Filiali ochilishi doirasida Moskvadagi eng yirik qurilish kompaniyalardan biri - KROST kompaniya guruhining loyihalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tanlov asosida ishga jalb qilish boʻyicha uch tomonlama bitim imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala