Iqtisod

Oʻzbekiston YEOII bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga tayyor

© Sputnik / Fotobankka oʻtishFlagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Shu nuqtai nazardan, logistika va bojxona jarayonlarini soddalashtirish, tarif va notarif tartibga solish sohasida mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, mehnat migratsiyasini soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilish belgilandi.
TOSHKENT, 16 mar – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati YEOII bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga tayyor, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot-xizmati.
Oʻzbekiston 2020 yilning dekabr oyida YEOII qoshida kuzatuvchi-maqomiga ega boʻldi. 2021-yilning fevralida mamlakat hukumati Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasidagi vakilini tayinladi.
Markirovka tovarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonning 26ta standarti YEOIIga muvofiqlashtiriladi
Xabarda aytilishicha, 15 mart kuni Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi doirasida Bosh vazir oʻrinbosari – Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEOIK) raisi Mixail Myasnikovich bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
"Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida soʻz yuritganda, tomonlar oʻzaro manfaatli iqtisodiy sheriklik, teng huquqlilik va milliy manfaatlarni inobatga olish tamoyillariga, shuningdek, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalarida Oʻzbekiston YEOII mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirishga oʻzaro sodiqligini bildirdilar", - deyiladi xabarda.
Goar Barsegyan, direktor departamenta razvitiya integratsii YEEK - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Rossiya
Oʻzbekiston YEOII bilan qaysi sohalarda hamkorlik qiladi - ekspert
Tomonlar shuningdek, investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, toʻsiqlarsiz oʻzaro savdo qilishga sharoitlar yaratish va mintaqaning tranzit salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshma kompleks dasturlarni hayotga tatbiq etishga tayyorligini bildirganlar.
Shu nuqtai nazardan, logistika va bojxona jarayonlarini soddalashtirish, mavjud boʻlgan toʻsiqlarni olib tashlash, texnik reglamentlar va texnik jihatdan tartibga solish meʼyorlarini uygʻunlashtirish, tarif va notarif tartibga solish sohasida mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, mehnat migratsiyasini soddalashtirish hamda mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilish va amalga oshirish boʻyicha kelgusida olib boriladigan ishlar belgilangan.
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Iqtisod
Qirgʻizistonning YEOIIdagi imtiyozlari Oʻzbekiston uchun qanday foydali boʻlishi mumkin?
Tomonlar Oʻzbekiston Yevroosiyo taraqqiyot banki va Yevroosiyo barqarorlashtirish va rivojlantirish jamgʻarmasi bilan hamkorligining istiqbollarini ham muhokama qilganlar.
Uchrashuv yakunida yuzaga keladigan barcha masalalarni zudlik bilan hal etish maqsadida YEOIK bilan ekspertlar darajasida doimiy aloqalar mexanizmini joriy etish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala