Jamiyat

Aholi eng koʻp qaysi rusumdagi avtomobilni minadi

© StringerDaewoo Nexia
Daewoo Nexia - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Oʻzbekiston fuqarolarida qaysi rusumdagi avtomobillar soni koʻp ekani ochiqlandi.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston fuqarolarida qaysi rusumdagi avtomobillar koʻp ekanini ochiqladi.
Bunda 2021 yilning 1 yanvar holatiga Oʻzbekiston boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan eng ommalashgan yengil avtomobillar inobatga olingan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, “Nexia” (637 547 dona) birinchi oʻrinda. Keyingi oʻrinlarda “Damas” (429 404), “Matiz” (288 685), “Lacetti” (282 929), “Cobalt” (267 948) qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda har 100 nafar doimiy aholiga oʻrtacha 8 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala