https://oz.sputniknews-uz.com/20210317/bu-yil-navroz-qanday-nishonlanadi--maxsus-komissiya-qarori-17799087.html
Bu yil Navroʻz qanday nishonlanadi – Maxsus komissiya qarori
Bu yil Navroʻz qanday nishonlanadi – Maxsus komissiya qarori
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Oʻzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika
2021-03-17T10:22+0500
2021-03-17T10:22+0500
2021-04-01T16:45+0500
covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat
navroʻz
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/777/95/7779556_0:11:1201:686_1920x0_80_0_0_65acbc3c83309abd19921d3b4c8a8a07.jpg
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Oʻzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda mamlakatda Navroʻz umumxalq bayrami tadbirlarini tashkillashtirish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Yigʻilishda soʻnggi kunlarda aholi oʻrtasida koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari biroz ortganligi taʼkidlab oʻtildi. Shu bois mutassaddi vazirlik va idoralarga:Shu bilan birga, bayram tadbirlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlik choralari koʻrish maqsadida huquq tartibot organlariga tegishli topshiriqlar berildi.Joylarda oʻtadigan bayram tadbirlarini yuqori badiiy saviyada oʻtkazish, buning uchun estrada xonandalari va teatr aktyorlarini jalb etish kabi vazifalar belgilandi.Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan aholi oʻrtasida koronavirus bilan kasallanish holatlarini barvaqt aniqlash boʻyicha PZR laboratoriyalarning toʻliq quvvatlarda faoliyatini tashkil etish, shuningdek, koronavirus infektsiyasiga qarshi xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamini ixtiyoriy emlash tadbirlarini tashkil etish borasida tegishli topshiriqlar berildi.Ayrim xorijiy va qoʻshni mamlakatlarda bugungi kunda kuzatilib turgan koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq keskin epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, mamlakatda shu kabi holatlarning qaytarilmasligi uchun keng targʻibot ishlarini olib borish tavsiya etildi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210316/toshkentda-ommaviy-tadbirlarni-vatincha-tkhtatish-rezhalashtirilmoda-17788138.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/777/95/7779556_62:0:1129:800_1920x0_80_0_0_f76f5eba0b6737a057ce5475a56eecba.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
covid-19 umumjahon pandemiyasi, navroʻz, oʻzbekiston
Bu yil Navroʻz qanday nishonlanadi – Maxsus komissiya qarori
10:22 17.03.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) Yigʻilishda soʻnggi kunlarda aholi oʻrtasida koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari biroz ortganligi taʼkidlab oʻtildi.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Oʻzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda mamlakatda Navroʻz umumxalq bayrami tadbirlarini tashkillashtirish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishi
boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda soʻnggi kunlarda aholi oʻrtasida koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari biroz ortganligi taʼkidlab oʻtildi. Shu bois mutassaddi vazirlik va idoralarga:
bayram tadbirlarini ob-havo sharoitini inobatga olgan holda ochiq joylarda, yaʼni bogʻlar, xiyobonlar va oʻyingohlarda oʻtkazish;
bayram tadbirlarida aholini koʻp toʻplamaslik va tashrif buyuruvchilar niqobda boʻlishlari hamda ijtimoiy masofani saqlashlari ustidan nazoratni oʻrnatish;
aholi gavjumligining oldini olish maqsadida tadbirlarni kichik hajmda mahallalarda tashkil etish choralarni koʻrish kabi koʻrsatmalar berildi.
Shu bilan birga, bayram tadbirlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlik choralari koʻrish maqsadida huquq tartibot organlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Joylarda oʻtadigan bayram tadbirlarini yuqori badiiy saviyada oʻtkazish, buning uchun estrada xonandalari va teatr aktyorlarini jalb etish kabi vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan aholi oʻrtasida koronavirus bilan kasallanish holatlarini barvaqt aniqlash boʻyicha PZR laboratoriyalarning toʻliq quvvatlarda faoliyatini tashkil etish, shuningdek, koronavirus infektsiyasiga qarshi xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamini ixtiyoriy emlash tadbirlarini tashkil etish borasida tegishli topshiriqlar berildi.
Ayrim xorijiy va qoʻshni mamlakatlarda bugungi kunda kuzatilib turgan koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq keskin epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, mamlakatda shu kabi holatlarning qaytarilmasligi uchun keng targʻibot ishlarini olib borish tavsiya etildi.