Iqtisod

YEOII hukumatlararo kengashi navbatdagi yigʻilishi - sanasi va joyi

© YEEKFlagi stran YEAES
Flagi stran YEAES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish sanasi maʼlum boʻldi.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yigʻilishi 30 aprel kuni Qozon shahrida boʻlib oʻtadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi rahbari yordamchisi Iya Malkina maʼlum qildi.
"30 aprel kuni Qozonda Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yigʻilishi yuzma-yuz formatda boʻlib oʻtadi", - dedi Malkina payshanba kuni boʻlib oʻtgan brifingda.
Uning soʻzlariga koʻra, yigʻilish kun tartibiga 2025 yilgacha boʻlgan sanoat kooperatsiyasining asosiy yoʻnalishlarini muhokama qilishni kiritish rejalashtirilgan.
Shuningdek, YEOIIda organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining erkin harakatlanishini taʼminlash haqida yoʻl xaritasi muhokama qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Yevrosiyo integratsiya uyushmasi aʼzolari - Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston.
Kuzatuvchilar - Oʻzbekiston, Moldova va Kuba.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala