Kolumnistlar

Yevropa “AstraZeneca”dan intiqom olyapti

© AFP / JUSTIN TALLISVaktsina AstraZeneca
Vaktsina AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Allaqachon 20 dan ziyod, aksariyat Yevropa mamlakatlari “AstraZeneca” ingliz-shved kompaniyasining Oksford universiteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan vaktsinadan foydalanishni vaqtincha toʻxtatdi. Kecha roʻyxatni vaktsinaning “vatani” - Shvetsiya toʻldirdi.
Rasmiy sabab – emlanganlarda qon quyuqlashishi kuzatilgan.
Oʻz navbatida, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, aslida, kompaniyaning yonini oldi. “Holatlarni vaktsina keltirib chiqarganiga oid dalillar yoʻqligini” maʼlum qilib, “hayotlarni saqlab qolish va kasallikning ogʻir shaklini jilovlash uchun” emalash ishlarini davom ettirishga chaqirdi. Shunga qaramasdan, JSST kelib tushayotgan maʼlumotlarni oʻrganishi va natijalarini eʼlon qilishga ishontirdi.
Afsuski, “AstraZeneca” bilan bogʻliq vaziyatni tibbiyot va xolis ilmiy tadqiqotlar nuqtai nazaridan koʻrib chiqish befoyda. Dunyo farmatsevtikasi allaqachon poraxoʻrlikka botgan. Pandemiya esa bu jarayonni kuchaytirdi.
Kantsler Avstrii Sebastyan Kurts vыstupayet na press-konferentsii, posvyaщennoy tekuщey situatsii s postavkami vaktsin ot COVID-19 v Vene - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Kolumnistlar
“Chorasizlik”: YEIda kimlar “Sputnik V”ga qiziqish bildirmoqda
Shunday ekan, JSSTning pozitsiyasi “AstraZeneca” xavfsizligining real darajasi bilan naqadar bogʻliqligi, qay darajada siyosiy maqsadlarga muvofiqligini faqat taxmin qilish mumkin. Emlanganlarda ogʻir nojoʻya taʼsir va hatto oʻlim holati kuzatilgani haqidagi xabarlar emlash boshlangandan buyon muntazam kelib tushardi, ammo preparatdan foydalanishni toʻxtatish kabi qatʼiy qadamni Germaniya, Frantsiya va Yevropaning boshqa yetakchi mamlakatlari ularni bunga turtgan siyosiy sharoit yuzaga kelganda tashlashdi.
YEI emlash amalda barbod boʻlmoqda. Bu haqda yetakchi dunyo OAVlari va obroʻli siyosatchilar bong urmoqda. Asosiy ayb, shaksiz, tegishli qarorlarni ishlab chiqishda eng faol ishtirok etgan Bryussel, Berlin va boshqa Gʻarbiy Yevropa poytaxtlariga gardanida. “AstraZeneca”ga pul tikish ularning asosiy xatolaridan biri boʻldi.
Kompaniyaning tayyor mahsulot bilan bir muddati kechikish bilan bozorga chiqqani yarim gʻalaba. Asosiysi – u Yevroittifoq oldida oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir emas ekan.
Birinchi janjal yanvarda kelib chiqqan edi. Oʻshanda “AstraZeneca” Bryusselni ishlab chiqarish-logistika muammolari tufayli shartnomada koʻrsatilgan yetkazib berishni yaqin oylarda 60 foizga qisqartirishga majburligi haqida xabardor qilgandi.
Buyuk Britaniya “AstraZeneca” bilan oʻz bitimini tuzgani vaziyatni keskinlashtirmoqda. Bitimga koʻra mamlakat oʻz hududida ishlab chiqarilgan preparatga ustuvorlik huquqiga ega. Bu Londonga qitʼaga qaraganda vaktsinaga boʻlgan talablarini yaxshi qondirishni berdi. Ravshanki, yakunlangan Brexit ochiqchasiga YEI foydasiga boʻlmagan.
Shunday ekan soʻnggi haftada Yevropa kompaniyaning kelishuvlarga rioya qilishiga erishish uchun imkoni bor narsalardan foydalanib, bosim oʻtkazdi.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Dunyoda
Germaniya, Italiya va Frantsiya AstraZeneca bilan emlashni toʻxtatdi
Natijada vaziyat yanada yomonlashdi.
Oʻtgan juma kuni “Reuters” agentligi “AstraZeneca” qoʻshimcha ravishda oʻz vaktsinasini YEI mamlakatlariga yetkazib berishni qisqartirgani haqida xabar qildi. 25 fevral kuni kompaniya rahbari Paskal Sorio Yevropa parlamentiga ular YEIga birinchi chorakda 40 million doza – avvaliga rejalashtirishgan 90 million doza oʻrniga - yetkazib berishga harakat qilishlarini aytgandi. Oʻtgan hafta oxirida bu koʻrsatgich zoʻrga 30 millionga yetishi maʼlum boʻldi.
Vaktsina obroʻyiga katta putur yetdi.
Biroq buni hal qiluvchi deyish yaramaydi. Katta ehtimol bilan yirik xalqaro tuzilmalar va boshqa nufuzli gʻarb davlatlari “AstraZeneca”ni qoʻllab-quvvatlashadi. Gap faqat u uchun emlashning asosiy preparati boʻlgan Buyuk Britaniya haqida emas. Kecha kompaniya xabar tarqatdi. Unda AQSH hukumati bilan oʻz dorilarini qoʻshimcha yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolagani aytilgan.
Buning hammasi Gʻarb ichida bartaraf qilib boʻlmaydigan qarama-qarshilik kuchayotganini navbatdagi tasdigʻi sifatida yanada qiziq. Bundan bir necha haftalar muqaddam transatlantik hamkorlar oʻrtasidagi har qanday ixtilof Donald Trampning zararkunanda faoliyatiga agʻdarilardi. Ammo u Oq uyni tark etganiga qaramay, Yevropa va Shtatlar oʻrtasidagi mojarolar tugay demayapti, “Shimoliy oqim-2” yoki mudofaa xarajatlariga taalluqli yoki taalluqli emas. “AstraZeneca” atrofidagi janjal boʻlsa – yangi omil va uning sababini ketgan AQSH prezidentining zimmasiga umuman yuklashning iloji yoʻq.
Premyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson nablyudayet za vaktsinatsiyey vo vremya svoyego vizita v bolnitsu Chase Farm na severe Londona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Dunyoda
YEIning koʻplab davlatlari AstraZeneca vaktsinasidan voz kechmoqda. BSST qanday fikrda?
Chunki hammasining zamirida u uchun kurash qiziyotgan resurs taqchilligi yotibdi. Har bir ishtirokchi oʻz ulushi olish uchun kundan kunga “noanʼanaviy” choralardan foydalanishlari qolmoqda.
Haqiqat shuki, u yerda bunday voqelikni tan olishlari dargumon. Bunda navbatdagi ravishda oʻz maqsadlari va qadriyatlari yagona boʻlgan Gʻarb ichida nifoq solayotgan jonga tekkan “Moskva qoʻli” borligi maʼlum qilinishi ajablanarli boʻlmaydi.
Bunda buni uddalash, ayniqsa, oson boʻldi. Zero Yevropa “AstraZeneca”ga qarshi dushmanlarcha demarsh uyushtirib, bir necha zaxiradagi variantga ega boʻladi. Ular bilan yuqori ishonchni oqlamagan vaktsina oʻrnini bosishadi. Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi esa bu roʻyxatga rahbarlik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala