Jamiyat

Karantin yana keskinlashadimi? Atabekov javobi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBektemirskiy post GAI
Bektemirskiy post GAI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekov karantin choralari kuchaytiriladimi, degan savolga javob berdi.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekov karantin choralari kuchaytiriladimi degan savolga javob berdi.
“Hammani bezovta qiladigan savol - karantin yana kuchaytiriladimi? Karantin yana keskinlashadimi, harakatlar chegaralanadimi, faoliyatlar toʻxtatiladimi - degan savollar qiziqtiradi.
Bizning javobimiz shu: qanaqa boʻlishi va qanday tartibda bu cheklov tadbirlarini yoki karantin tadbirlarini tatbiq etilishiga biz oʻzimiz sababchimiz.
Agar biz hali bekor qilinmagan - doka niqobda boʻlish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va aholi gavjum boʻlgan joylarga borishdan oʻzimizni tiyish kabi jihatlarni yodimizdan chiqarmasdan, oʻsha kasallik manbaidan ikkinchi bir sogʻlom odamga yuqishiga yoʻq qoʻymaydigan choralarni koʻradigan boʻlsak, demak vaziyatni bu darajada keskin, yaʼni cheklov va karantin tadbirlarni keskinlashiga hech qanday asos yoʻq.
Shu bilan birgalikda, biz haddan ortiq xotirjamlikka berilib kettikki, bu tabiiy kasallikni qayd etilishidagi statistik raqamlarni ortib borishida namoyon boʻlayapti”, - dedi SSV vakili.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala