Rossiyaga mutaxassislar zarur: Toshkentdagi Moskva migratsiya markazi filiali

Obuna bo‘lish
Toshkentda Moskva ko‘p tarmoqli migratsiya markazi (KTMM) filiali tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Endi Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar hujjatlarni yangi ochilgan filialda to‘ldirishi mumkin. Fuqaro Rossiyaga yetib borgach, soddalashtirilgan tartibda patentni oladi.
Shuningdek, filialda kasbiy malakani baholash, ish beruvchi bilan suhbat tashkil etish, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
Filial migratsionnogo sentra v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
KTMM filialining manzili

Yashnaobod tumani, Parkent ko‘chasi, 331. “Ishga marhamat” monomarkazi

Ta’kidlanishicha, birinchi bosqichda filial Moskva kompaniyalari uchun tashkillashtirilgan tanlovni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Keyinchalik yakka tartibda migrantlar qabul qilinadi.
KTMMda mehnat migrantlari Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtni tejash uchun kerakli hujjatlar to‘plamini oldindan to‘plab, rasmiylashtirishi mumkin. Patentni olish va uning uchun to‘lov Rossiyaga kelganidan keyin amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0