Migratsiya

Moskva-Toshkent yoʻnalishida maxsus poyezd qatnovi tashkil qilinadi

© UzJDUzbekskiye jeleznыe dorogi
Uzbekskiye jeleznыe dorogi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Pandemiya tufayli vataniga qaytib kelishda qiynalayotgan fuqarolar uchun Moskva va Voljskiy shaharlarida ikkita maxsus temiryoʻl qatnovi tashkil qilinadi.
TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. “Voljskiy – Toshkent” va "Moskva – Toshkent" yoʻnalishlarida maxsus poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Koronavirus pandemiyasi vaqtida Rossiyada qolib ketgan oʻzbekistonliklarni olib kelish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan navbatdagi maxsus poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda. Jumladan:
“Voljskiy – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan 483/484- sonli poyezd 19 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 20:50 da “Voljskiy stantsiyasidan;
"Moskva – Toshkent" yoʻnalishida harakatlanadigan 476-sonli maxsus poyezd 22 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 22:28 da “Kazanskaya” temir yoʻl vokzalidan joʻnaydi.
Yoʻlovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yoʻlga qoʻyilgan.
V Uzbekistan spetspoyezdom vernuli domoy okolo tыsyachi migrantov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2020
Jamiyat
Maxsus poyezd reysi bilan mingga yaqin fuqaro Rossiyadan olib kelindi
Voljskiy hamda Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari Oʻzbekistonda turib “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyatining veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, internet orqali ayni daqiqada Moskva hamda Voljskiydagi hamyurtlarimizga joʻnatishlari ham mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala