Rossiya aralashmagan – elchixona ayblovlarga javob qaytardi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishV Rossii pobit rekord otritsatelnogo otnosheniya k SShA
V Rossii pobit rekord otritsatelnogo otnosheniya k SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2021
Obuna bo‘lish
AQSh faqat razvedka ma’lumotlariga asoslangan, hech qanday dalilsiz ayblovlarga asoslanib Rossiyani saylovlarga aralashishda ayblamoqda.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Amerika razvedkasining Rossiya AQSh prezidenti saylovlariga “aralashganni” haqidagi ayblovlari – asossiz, deb e’lon qildi Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi.
Razvedka jamiyatning seshanba kuni ochiqlangan hisobotida aytilishiga ko‘ra, Rossiya Jo Bayden g‘alaba qozonishiga xalal berishga uringan va Donald Tramp g‘alaba qozonishiga yordam bermoqchi va Amerika jamiyatida tarqoqlik urug‘i sepmoqchi bo‘lgan. Razvedka ushbu ishlarda Rossiyadan tashqari Eron, "Xezbolla" va Kubani ham aybladi va Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini e’lon qildi.

“AQShda Rossiya tomonidan o‘tkazilgan “ta’sir operatsiyalari” haqidagi xulosalar “faqat razvedka ma’lumotlarining to‘g‘ri ekaniga asoslangan”. “Hisobotda shundan boshqa hech qanday aniq dalil yoki da’vo keltirilmagan”, - deyilgan elchixonaning feysbukdagi xabarida.

Diplomatlar aytishiga qaraganda, AQSh tomonidan keltirilgan yangi ayblovlar ikki tomonlama munosabatlar yaxshilanishiga xizmat qilmaydiva Rossiya tomonidan taklif qilingan “eng dolzarb masalalarga teng huquqli va o‘zaro hurmatga asoslangan dialog asosida yechim qidirish” tamoyiliga muvofiq emas.
AQSh prezidenti Donald Tramp tarafdorlari Stop the Steal norozilik namoyishida, Feniks, AQSh.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2020
"O‘g‘rilikni to‘xtating" - Tramp tarafdorlari saylov natijalariga qarshi
AQSh prezidenti matbuot kotibi Jenifer Psaki Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar qachon kiritilshini ma’lum qilgani yo‘q. CNN xabariga ko‘ra, Oq uy buni kelgusi haftada e’lon qilishi mumkin.
AQsh prezidenti saylovi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda demokratlar partiyasi vakili Jo Bayden g‘olib chiqqan. U 306 nafar saylovchining ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Respublikachi Tramp esa – 232 nafar ovoz to‘plagan. Donald Tramp Baydenni bir necha bor “saylovni o‘g‘irlash”da ayblagan edi. Prezident advokati Rudi Djuliani saylov davomida qonunbuzarliklar surunkali ravishda sodir etilganini aytib o‘tgan edi.
O‘tgan yillar davomida AQSh Rossiyani bir necha bor “saylovlarga aralashishga” ayblagan, Rossiya esa buni rad etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0