Hodisalar

Samarqandda aliment toʻlamayotgan bir necha ota qamaldi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishZaklyuchennыy
Zaklyuchennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Samarqandda necha yildan buyon aliment toʻlamay kelayotgan besh ota 15 kunga panjara ortiga joʻnatildi. Oʻziga toʻgʻri xulosa chiqargan yana bir qarzdor ota esa ikki nafar farzandining kelajagi uchun turmush oʻrtogʻi bilan yarashgan.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Samarqand tuman hokimligida oʻtkazilgan sayyor sudda bir necha yildan buyon aliment toʻlamay kelayotgan besh ota panjara ortiga joʻnatildi.
“Zarafshon” nashri xabariga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha Toyloq tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro U.B. oʻz farzandi uchun aliment toʻlashi belgilangan. Biroq u 25 oydan buyon aliment pullarini toʻlamagan va 19 million 161 ming soʻm aliment qarzdorligi kelib chiqqan.
Natijada unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-4-moddasiga asosan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand tuman sudining 2021 yil 11 martdagi qaroriga asosan U.B.ga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Sudebnыy molotok, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2020
Jamiyat
Aliment toʻlamay, Rossiyaga qochib ketgan otadan pullar oʻndirib berildi - MIB
Bundan tashqari, yana toʻrt ota alimentlarni oʻz vaqtida toʻlamaganligi uchun xuddi shu muddatga qamalgan. Ularning qarzdorligi 6 milliondan 24 million soʻmgacha boʻlgan.
Maslahat va suhbatlardan oʻziga toʻgʻri xulosa chiqargan qarzdor ota SH.X. ikki nafar farzandining kelajagi uchun turmush oʻrtogʻi SH.R. bilan yarashgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala