Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

“Sputnik V”: Yusupaliyev vaktsinani Oʻzbekistonga olib kelish haqida

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishShprits i ampula na fone logotipa "Sputnik V".
Shprits i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Bahodir Yusupaliyev Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini Oʻzbekistonga olib kelish jarayoni haqida maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini Oʻzbekistonga olib kelish jarayoni haqida maʼlumot berdi.
Yusupaliyevning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda bir million dozaga kontrakt ishlab chiqilgan, hozirgi kunda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi bilan muzokaralar olib borilmoqda va ular tomonga berilgan.

"U tomon koʻrish chiqmoqda. Uning natijasi boʻyicha shartnomaga qoʻl qoʻyiladi va “Sputnik V” vaktsinasini ham olib kelish koʻzda tutilgan. Hozir asosiy masala “Sputnik V” vaktsinasini Oʻzbekistonga olib kelish jarayoni. Vaktsinani Oʻzbekistonga olib kelish rejasi, deylik qaysi muddatda va qancha miqdorda - shu atrofda muzokaralar olib borilmoqda. Chunki biz aholimiz “tezroq olib kelinsin, tezroq emlashni boshlasin” degan niyatda yuribmiz”

Bahodir Yusupaliyev
Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari
Uning soʻzlariga koʻra, oʻz navbatida vaktsinani ishlab chiqarish hajmlari aynan RF va boshqa davlatlarda yetarli emas. Shuning uchun ham bu reja-grafik muhokama qilinyapti.
“Biz tomon tezroq olib kelish, koʻp miqdorda olib kelish, narigi tomon sal bu masalada kechroq muddatlarni beryapti. Shuning uchun bu masalada hozir muzokaralar olib boryapmiz”, - deb taʼkidladi Yusupaliyev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala