Jamiyat

Tadbirkor mamlakatga vaktsina olib kelib, emlashni pullik qilishi mumkinmi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye punktov vaktsinatsii v torgovыx tsentrax Yekaterinburga
Otkrыtiye punktov vaktsinatsii v torgovыx tsentrax Yekaterinburga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev xususiy sektor koronavirusga qarshi vaktsinani mamlakatga olib kelishi mumkinligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev xususiy sektor koronavirusga qarshi vaktsinani Oʻzbekistonga olib kelishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.
U 4,1 milliondan ortiq aholi, birinchi navbatda, qariyalar, tibbiyot xodimlari, maktab oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim xodimlari bepul emlanishini eslatib oʻtdi. Yusupaliyevning soʻzlariga koʻra, “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarni ham bepul emlashga harakat qilinadi.
“Lekin shu bilan birga aholimizga faqatgina bepul emas, balki pullik emlanish imkoniyatini yaratishimiz kerak. Bu masala boʻyicha aniqlik kiritishimiz kerak, hozirgi kunda vaktsina tanqisligi tufayli davlat xususiy sektori vaktsina olib kira olmayapti. Sababi dunyo boʻyicha vaktsina yetishmayapti. Agar xususiy sektor vaktsinani Oʻzbekistonga bemalol olib kirib, oʻzi emlasa hech qanday eʼtirozlar yoʻq”, - dedi u AOKAdagi matbuot anjumanida.
Shprits i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Jamiyat
“Sputnik V”: Yusupaliyev vaktsinani Oʻzbekistonga olib kelish haqida
Vazir oʻrinbosari buning uchun SSV tomonidan litsenziya berilishini taʼkidladi. Bugungi kunda respublika boʻyicha 90 taga yaqin emlashni oʻtkazish uchun shunday litsenziyaga ega boʻlgan xususiy tashkilotlar bor.
“Ular, albatta, (vaktsinani – tahr.) olib kirishi mumkin va pullik asosda emlanishi mumkin”, - deya xulosa qildi Yusupaliyev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala