Toshkentda sun’iy nafas olish uskunalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Mediabankka o‘tishVrach derjit v rukax masku dlya iskusstvennoy ventilyatsii legki
Vrach derjit v rukax masku dlya iskusstvennoy ventilyatsii legki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2021
Obuna bo‘lish
Mahsulotning asosiy qismi eksport uchun mo‘ljallangan. Eksport bizori sifatida qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari, birinchi navbatda Afg‘oniston ko‘rib chiqilmoqda.
TOShKENT, 17 mar – Sputnik. Toshkentda sun’iy nafas olish uskunalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qilmoqda Sputnik mubiri.
Kecha, 16-mart kuni Toshkent shahrida sun’iy nafas olish korxonasi ishga tushirildi. Korxona yiliga 500 dona sun’iy nafas olish apparati va 200 dona narkoz-nafas olish apparati ishlab chiqaradi.
Umumiy qiymati 6 million dollar bo‘lgan ushbu loyiha O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi, Rossiyaning "Shimco Group" va Slovakiyaning "Chirana Asia" kompaniyalari hamkorligida ishga tushirilgan. Korxonada 100ga yaqin kishi ish bilan ta’minlangan.
Korxona mahsulotlarining asosiy qismi – 80% eksport uchun mo‘ljallangan. Eksport bizori sifatida qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari, birinchi navbatda Afg‘oniston tanlangan. Bugungi kunda korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot narxi o‘rtacha 30%ga arzon.
Yangiliklar lentasi
0