Jamiyat

Bu yilgi test sinovlari ham stadion va xiyobonlarda oʻtkazilishi mumkin – DTM

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente
Uzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
50 460 nafar abituriyent uchun moʻljallangan 103 ta katta sigʻimli yopiq bino, 60 570 nafar abituriyentga moʻljallangan 66 ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Davlat test markazi boshqarma boshligʻi Farhod Mirzayev bu yilgi test sinovlari ham stadionlar va xiyobonlarda oʻtkazilishini istisno qilmadi.
Uning soʻzlariga koʻra, ayni paytda DTM tomonidan testlarni oʻtkazish boʻyicha ikki xil stsenariy ustida ish olib borilmoqda;
test sinovlarini anʼanaviy shaklda katta sigʻimli binolarda oʻtkazish;
pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020 yildagi kabi ochiq maydonlarda oʻtkazish.
Buning uchun test sinovi oʻtkaziladigan joylar tanlanib, reja-chizmalari tayyorlangan. 50 460 nafar abituriyent uchun moʻljallangan 103 ta katta sigʻimli yopiq bino, 60 570 nafar abituriyentga moʻljallangan 66 ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.
Mirzayev, shuningdek, abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtiyoz berish va ularni tasdiqlash vakolatiga ega boʻlgan masʼul vazirlik va idoralar bilan imtiyozlar reyestri shakllantirilayotganini qoʻshimcha qildi.
Uzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Jamiyat
Joriy yilda test sinovi topshiriladigan fanlar tasdiqlandi
Buning uchun Davlat test markazi tomonidan maxsus platforma ishlab chiqilgan va tegishli vazirlik va idoralarga imtiyozlarni kiritish uchun kerakli maʼlumotlar taqdim etilgan.
2021/2022 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriati taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida 1,6 mln. nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda. Hujjatlar onlayn qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala