Bu yilgi test sinovlari ham stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin – DTM

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente
Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Obuna bo‘lish
50 460 nafar abituriyent uchun mo‘ljallangan 103 ta katta sig‘imli yopiq bino, 60 570 nafar abituriyentga mo‘ljallangan 66 ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev bu yilgi test sinovlari ham stadionlar va xiyobonlarda o‘tkazilishini istisno qilmadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda DTM tomonidan testlarni o‘tkazish bo‘yicha ikki xil ssenariy ustida ish olib borilmoqda;
test sinovlarini an’anaviy shaklda katta sig‘imli binolarda o‘tkazish;
pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020-yildagi kabi ochiq maydonlarda o‘tkazish.
Buning uchun test sinovi o‘tkaziladigan joylar tanlanib, reja-chizmalari tayyorlangan. 50 460 nafar abituriyent uchun mo‘ljallangan 103 ta katta sig‘imli yopiq bino, 60 570 nafar abituriyentga mo‘ljallangan 66 ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.
Mirzayev, shuningdek, abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyoz berish va ularni tasdiqlash vakolatiga ega bo‘lgan mas’ul vazirlik va idoralar bilan imtiyozlar reyestri shakllantirilayotganini qo‘shimcha qildi.
Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Joriy yilda test sinovi topshiriladigan fanlar tasdiqlandi
Buning uchun Davlat test markazi tomonidan maxsus platforma ishlab chiqilgan va tegishli vazirlik va idoralarga imtiyozlarni kiritish uchun kerakli ma’lumotlar taqdim etilgan.
2021/2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1,6 mln. nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda. Hujjatlar onlayn qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0