Iqtisod

Toshkentda YEOII sanoat siyosati boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishFlag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES)
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
5 aprel kuni Toshkentda YEOII sanoat siyosati boʻyicha vazirlar kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. 5 aprel kuni Toshkentda YEOII sanoat siyosati boʻyicha vazirlar kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiya (YEIK) raisi yordamchisi Iya Malkina maʼlum qildi.
"5 aprel kuni" Innoprom" xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida Toshkentda YEOII sanoat siyosati boʻyicha vazirlar kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi, unda YEIK sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Artak Kamalyan ishtirok etadi", - dedi Malkina brifingda.
Iya Malkina
YEIK raisi yordamchisi
Uning soʻzlariga koʻra, farmatsevtika, aviatsiya sanoati sohasidagi hamkorlik istiqbollari, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini koʻrib chiqish rejalashtirilgan.
"Tadbirda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakillari ham taklif etildi", - dedi Malkina.
Oʻzbekiston 2020 yil dekabridan beri YEOIIda kuzatuvchi-davlat. Uning soʻzlariga koʻra, bu maqom "respublikaning Ittifoq meʼyoriy-huquqiy bazasiga, shuningdek YEOII doirasidagi loyihalar va dasturlarga ham avtomatik qoʻshilishini nazarda tutmaydi", ammo bu "Ittifoqni oʻrganish uchun yaxshi imkoniyat" beradi.
Hozir YEIK va Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum, shuningdek 2021–2023 yillarga moʻljallangan tadbirlar rejasi tayyorlanmoqda.
“Hujjatlar yaqin kunlarda imzolanadi”, - dedi YEIK vakili.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala