Madaniyat

“Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi xalqaro festivalda taqdirlandi

© Press-slujba NA "Uzbekkino"Kadr iz filma "Dve tыsyachi pesen Faridы"
Kadr iz filma Dve tыsyachi pesen Faridы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Oʻzbekkino buyurtmasiga binoan suratga olingan “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi “The snow leopard award” mukofotiga loyiq koʻrildi.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. 10−15 mart kunlari Los-Andjelesda VI Xalqaro Osiyo kinofestivali (Asian world film festival) boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekkino matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Unda Oʻzbekkino buyurtmasiga binoan “Fox music cinema” studiyasi tomonidan suratga olingan “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi “The snow leopard award” mukofotiga loyiq koʻrildi.
Sʼyemka  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.02.2021
Madaniyat
“Rangsiz tushlar” filmi Markaziy Osiyo kinofestivalida ishtirok etadi
Stsenariy muallifi va rejissyor Yolqin Toʻychiyev, tasvirga olish rejissyori Bahodir Yoʻldoshev, stsenariy muallifi Bektosh Rajabov, direktor Shavkat Rizayev. Filmda Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona Uljayeva, Sanobar Haknazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar aktyorlar suratga tushgan.
2014 yildan buyon Los-Anjelesda oʻtkazib kelinayotgan ushbu xalqaro kinofestivalda Osiyo mintaqasining 50 mamlakatidan turli janrdagi filmlar saralab olinadi. Mazkur kinofestival Osiyo va Gollivud kino sanoati oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi “Nika” mukofotiga daʼvogarlik qilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala