“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi xalqaro festivalda taqdirlandi

© Press-slujba NA "Uzbekkino"Kadr iz filma "Dve tisachi pesen Faridi"
Kadr iz filma Dve tisachi pesen Faridi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekkino buyurtmasiga binoan suratga olingan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi “The snow leopard award” mukofotiga loyiq ko‘rildi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 10−15 mart kunlari Los-Andjelesda VI Xalqaro Osiyo kinofestivali (Asian world film festival) bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekkino matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Unda O‘zbekkino buyurtmasiga binoan “Fox music cinema” studiyasi tomonidan suratga olingan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi “The snow leopard award” mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Syemka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2021
“Rangsiz tushlar” filmi Markaziy Osiyo kinofestivalida ishtirok etadi
Ssenariy muallifi va rejissor Yolqin To‘ychiyev, tasvirga olish rejissori Bahodir Yo‘ldoshev, ssenariy muallifi Bektosh Rajabov, direktor Shavkat Rizayev. Filmda Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona Uljayeva, Sanobar Haknazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar aktorlar suratga tushgan.
2014 yildan buyon Los-Anjelesda o‘tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro kinofestivalda Osiyo mintaqasining 50 mamlakatidan turli janrdagi filmlar saralab olinadi. Mazkur kinofestival Osiyo va Gollivud kino sanoati o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi “Nika” mukofotiga da’vogarlik qilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0