Rossiya

Kreml Baydenning Putin haqidagi gaplariga munosabat bildirdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishMoskovskiy Kreml
Moskovskiy Kreml - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. AQSH prezidenti Jo Baydenning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan aytgan gaplarini “juda yomon” deb aytish mumkin. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
Avvalroq Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya hukumati goʻyoki Amerika saylovlariga aralashgani uchun javob berishi kerakligini maʼlum qilgandi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari u Vladimir Putinni “qotil” (killer) deb hisoblaydimi degan savol “ha” deb javob bergandi.
“U aniq mamlakatimiz bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyishni istamaydi, bundan keyin aynan shundan kelib chiqamiz”, - dedi Peskov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Ofitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Rossiya
Zaxarova Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya-Amerika munosabatlari tarixida bunga oʻxshash bayonot hali boʻlmagan.
Davlat rahbari matbuot kotibi Putin Baydenning soʻzlariga munosabat bildirishni rejalashtiryaptimi yoki yoʻqligini aytmadi.
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov AQSH bilan munosabatlar qaysi yoʻnalish boʻylab davom etishi va nima qilish kerakligini tahlil qilish maqsadida maslahatlashish uchun Moskvaga chaqirtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala