Sport

Oʻzbekiston oʻz maydonida Gana va Iroqqa qarshi oʻynaydi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaBolelщiki sbornoy Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha s Yaponiyey
Bolelщiki sbornoy Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha s Yaponiyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi oʻrtoqlik uchrashuvlari Namangan va Toshkent shaharlarida oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Futbol boʻyichaOʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi oʻrtoqlik uchrashuvlari Namangan va Toshkent shaharlarida oʻtkaziladi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiatsiyasi xabar qildi.
Gana terma jamoasiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvini Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida oʻtkazish rejalashtirilgan. Mazkur bahs 26 mart kuni soat 18.00 da boshlanadi.
Sbornaya Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha protiv Saudovskoy Aravii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Sport
Oʻzbekiston mart oyida Gana va Iroqqa qarshi maydonga tushadi
Iroq vakillariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv 29 mart kuni soat 18.00 da boshlanadi.
OʻFA xabarida stadion hududida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilish, oʻzaro ijtimoiy masofa saqlash talab etilishi taʼkidlangan.
Avvalroq Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Gana va Iroqqa qarshi maydonga tushishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala