Jamiyat

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida 5 ta medalga ega chiqdi

© XTV matbuot xizmatiOʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida 5 ta medalga ega chiqdi
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida 5 ta medalga ega chiqdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
VI Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar toʻrtta kumush va bitta bronza medalni qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. 12-17 mart kunlari oʻtkazilgan VI Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar toʻrtta kumush va bitta bronza medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabining 11 sinf oʻquvchisi Olimjon Olimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10 sinf oʻquvchisi Muhammadrizo Madjidov, Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi AFIDUM 9-sinf oʻquvchisi Jaloliddin Xolmatov va Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani 5 son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Diyorbek Tolibov kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabining 11 sinf oʻquvchisi Doniyor Ismoilov bronza medalga ega chiqqan. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi Nodira Saʼdullayeva esa faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Urok ximii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2020
Jamiyat
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush va bronza medalni qoʻlga kiritdi
Olimpiada epidemiologik vaziyatni inobatga olib ham masofaviy, ham oflayn tarzda oʻtkazilgan. Oʻzbekistonda olimpiada Toshkent shahridagi Prezident maktabida oʻtkazilgan..
Olimpiada Rossiyaning “SIRIUS” iqtidorli bolalar markazi, Adigeya Respublikasi fan va taʼlim vazirligi, Kavkaz matematika markazi hamda Adigeya davlat univesiteti tomonidan har yili oʻtkazilib kelinadi.
Unda Armaniston, Bolgariya, Belarus, Eron, Ozarbayjon, Peru, Qozogʻiston, Serbiya, Tojikiston, Turkiya, Shvetsiya, Shvetsariya va Rossiya Federatsiyasidan jami 100 dan ortiq jamoalar ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala