Iqtisod

Moskvada Tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi ochiladi - prezident qarori

© SputnikFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Moskvada ishga tushadigan yangi vakolatxonaning asosiy vazifasi - Rossiya bilan yangi hamkorlik shartnomalari tuzish, loyihalarni muvofiqlashtirish boʻladi.
TOSHKENT, 18 mar – Sputnik. Rossiyada Oʻzbekiston Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi ochiladi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston va Rossiya orasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorida aytib oʻtilgan.
Moskva shahrida xodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi tashkil etilsin, - deyilgan prezident qarorida.
Undan tashqari, prezident qarori bilan Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi tarkibida “Rossiya federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi” tashkil qilinadi.
Shuningdek, Investitsiyalar va Tashqi savdo vaziriga Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga maʼsul boʻlgan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari – Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimi kiritildi.
Flagi RF i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2017
Iqtisod
Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida tashqi savdo aylanmasi 23 %ga koʻpaydi
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat boʻladi:
Rossiya bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik hamkorlik loyihalari va dasturlari ishlab chiqish va amalda roʻyobga chiqarish;
Yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Rossiya bilan turli darajalarda erishilgan kelishuvlarning soʻzsiz va sifatli ijro etilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni yoʻlga qoʻyish;
Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Loyiha ofisi” doirasida yangi sanoat loyihalarini ishlab chiqish va hamkorlikni amalga oshirishni taʼminlash.
Qaror matni bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala