Shanba kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kutilmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMolniya
Molniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Obuna bo‘lish
20 martda respublika hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 19-20 martda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qilmoqda.
18-20 martda respublikaning ba’zi joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18-19 martda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
20 martda respublika hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
20 martdahavo harorati kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0