Siyosat

SHHT: maxsus xizmatlar 2 yillik terrorizmga qarshi kurashish dasturini maʼqullashdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishBoyevoye primeneniye rossiyskogo vertoleta Ka-52 v Sirii
Boyevoye primeneniye rossiyskogo vertoleta Ka-52 v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
SHHT davlatlari maxsus xizmatlari 2022-2024 yillarda terrorizmga qarshi kurashish dasturi loyihasini maʼqulladi.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlarning maxsus xizmatlari vakillari 2022-2024 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik qilish dasturi loyihasini maʼqulladilar, deb xabar qildi SHHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (RATS) matbuot xizmati.
Bugun Toshkentda xalqaro terroristik tashkilotlarga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni ishlab chiqishga bagʻishlangan SHHT MATTning 36-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekistonning vakolatli organlari vakillari ishtirok etdi.
Vertoletы Mi-8 na ucheniyax Nerushimoye bratstvo - 2019 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Dunyoda
ODKB tojik-afgʻon chegarasini mustahkamlaydi
Yigʻilishda SHHT davlatlarining navbatdagi "Pabbiye-Antiterror-2021" antiterror oʻquv mashgʻulotlarini, tashkilotga aʼzo davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining 8-uchrashuvini va SHHT MATT 8-xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi oʻtkazishga kelishib olindi.
BMT Xavfsizlik Kengashining xorijiy terroristik jangchilar harakatining oldini olishga qaratilgan 2178 va 2396 rezolyutsiya talablarini amalga oshirish doirasida xorijiy jangari-terrorchilarning harakatini oldini olish maqsadida yoʻlovchilar va ularni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotlarni joriy etish va ulardan foydalanish masalasi koʻrib chiqildi.
SHHTga aʼzo davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasida terroristik faoliyatni moliyalashtirish kanallarini aniqlash va toʻxtatish boʻyicha hamkorlikni takomillashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001 yilda tashkil etilgan boʻlib, uning toʻla huquqli aʼzolari Rossiya, Xitoy, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Oʻzbekiston. Belarus, Afgʻoniston, Eron va Moʻgʻuliston kuzatuvchi-davlat maqomiga ega.
“SHHT muloqot boʻyicha sheriklar” - Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
2022 yilda tashkilot sammiti Samarqandda boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala