ShHT: maxsus xizmatlar 2-yillik terrorizmga qarshi kurashish dasturini ma’qullashdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishBoyevoe primenenie rossiyskogo vertoleta Ka-52 v Sirii
Boyevoe primenenie rossiyskogo vertoleta Ka-52 v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Obuna bo‘lish
ShHT davlatlari maxsus xizmatlari 2022-2024 yillarda terrorizmga qarshi kurashish dasturi loyihasini ma’qulladi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlarning maxsus xizmatlari vakillari 2022-2024 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik qilish dasturi loyihasini ma’qulladilar, deb xabar qildi ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (RATS) matbuot xizmati.
Bugun Toshkentda xalqaro terroristik tashkilotlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ShHT MATTning 36-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning vakolatli organlari vakillari ishtirok etdi.
Vertoleti Mi-8 na ucheniyax Nerushimoe bratstvo - 2019 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
ODKB tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlaydi
Yig‘ilishda ShHT davlatlarining navbatdagi "Pabbie-Antiterror-2021" antiterror o‘quv mashg‘ulotlarini, tashkilotga a’zo davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining 8-uchrashuvini va ShHT MATT 8-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazishga kelishib olindi.
BMT Xavfsizlik Kengashining xorijiy terroristik jangchilar harakatining oldini olishga qaratilgan 2178 va 2396 rezolyutsiya talablarini amalga oshirish doirasida xorijiy jangari-terrorchilarning harakatini oldini olish maqsadida yo‘lovchilar va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni joriy etish va ulardan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi.
ShHTga a’zo davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasida terroristik faoliyatni moliyalashtirish kanallarini aniqlash va to‘xtatish bo‘yicha hamkorlikni takomillashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning to‘la huquqli a’zolari Rossiya, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston. Belarus, Afg‘oniston, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi-davlat maqomiga ega.
“ShHT muloqot bo‘yicha sheriklar” - Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
2022 yilda tashkilot sammiti Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0