“UzAuto” IT-kompaniya tashkil etmoqda

© Gress-slujba "Uzavtosanoat".UzAuto sozdayet IT-kompaniyu
UzAuto sozdayet IT-kompaniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Obuna bo‘lish
Kompaniya tomonidan IT-dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. “UzAuto” Hindistonning “Quantum Business Advisory” kompaniya bilan birgalikda Toshkent shahrida IT-kompaniyasini tashkil etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“QBA IT” IT-kompaniyasining asosiy faoliyati o‘zbek kompaniyalarining raqamli transformatsiyadagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan SAP, Microsoft, Oracle va boshqa shu kabi platformalar asosida IT-yechimlarni tatbiq etish va integratsiyalashdan iborat bo‘ladi.
Lokalizatsiya proizvodstva UzAvto Motors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
"UzAuto Motors" mahalliylashtirishdagi muammolarni sanab o‘tdi
Shuningdek, kompaniya tomonidan IT-dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha, xususan: dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot texnologiyalari sohasida maslahat xizmatlari, komputer uskunalarini boshqarish, o‘qitish va boshqa xizmatlar ko‘rsatadi.
Ta’kidlanishicha, “QBA IT” IT-kompaniyasini tashkil etilishi “Uzauto” mamlakatdagi Sanoat 4.0. ishlab chiqarish yechimi asosida axborot texnologiyalari ko‘nikmalarini va ishlab chiqarishni intelektual boshqarish rivojiga hissa qo‘shishga imkoniyat yaratadi.
Yangiliklar lentasi
0