Biz JSST maxsus komissiyasi xulosasini kutayapmiz - SSV

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa mamlakatlarida kuzatilayotgan tromboz holatlariga aynan biror vaksina sababchi deb aytib bo‘lmaydi, chunki boshqa vaqsinadan so‘ng ham ana shunday holat kuzatilgan.
TOShKENT, 18 mar - Sputnik. Kecha AOKAda bo‘lib o‘tgan matbut anjumanida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev "Nega ko‘p davlatlar "Astra Zeneca" vaksinasidan bosh tortdi yoki to‘xtatib qo‘ydi?" degan o‘rinli savolga javob berdi.
"Astra Zeneca" vaksinasi bilan Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada allaqachon 17 million kishi emlangan. Ular orasida zararli ta’sir qilgan deb baholangan holatlar milliondan bittani tashkil qiladi.
Bunda asosan tromboz holatlari (tomir ichida paydo bo‘ladigan qon laxtasi, tomir devoriga yopishib, qon oqimiga xalaqit beradi) kuzatildi. Yevropa mamlkatlarida birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori aholi emlanishi ko‘zda tutilgan. Tabiiyki, bu yoshdagi odamlar har qanday boshqa kasalliklarga moyil bo‘ladi. Bunga aynan u yoki bu vaksina sababchi deb aytolmayman.
Masalan, xuddi shu holat "Pfizer" vaksinasida ham kuzatilgan. Bunday nojo‘ya ta’sirlar aynan vaksina tufayli kelib chiqdi deb hech kim aytolmaydi, hatto JSST ham.
Biz JSST tarkibidagi maxsus kommisiyalarning xulosalarini kutapmiz. Dunyoda biror vaksina qo‘llashdan to‘xtatib turilgani — uning butunlay zararli degan xulosaga olib kelmaydi. Shunchaki hozirda uning ta’sirlari borasida chuqur o‘rganishlar olib borilmoqda, - dedi Yusupaliyev.
Ma’lumki O‘zbekistonga 17-mart kuni AstraZeneca kompaniyasining vakisnasi olib kelingan edi. Shu vaqtning o‘zida Yevropaning 10dan ortiq davlatlarida ushbu vaksina bilan emlash to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ushbu holat albatta aholi orasida turli xavotir va bezovtaliklar uyg‘onishiga sabab bo‘lmoqda.
Yangiliklar lentasi
0