Vaktsinatsiyaga undash uchun kasallik boʻrttirib koʻrsatilayotgani yoʻq - Otabekov

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavnыy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavnыy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Biz niqob taqish, antiseptik vositalardan foydalanish, masofa saqlash qoidalarini unutib qoʻydik. Mana shu holat vaziyat jiddiylashuviga sabab boʻlyapti - Otabekov.
TOSHKENT, 18 mar - Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Atabekov Oʻzbekistonda vaktsinatsiya arafasida paydo boʻlayotgan ayrim mish-mish va gumonlarni rad etdi.
- Odamlarni vaktsinatsiya jarayonlariga undash uchun ataylab kasallik koʻpayishi boʻrttirib koʻrsatilyaptimi?
"Emlashga jalb qilish uchun atayin kasallik boʻrttirib koʻrsatilyapti, degan gaplarda mantiq yoʻq. Kasallik bolalar orasida koʻpayyapti, biz esa 18 yoshdan yuqorilarni emlashni rejalashtiryapmiz.
Karantin cheklovlariga kelsak, bunday boʻlishiga oʻzimiz sababchimiz. Chunki niqob taqish, antiseptik vositalardan foydalanish, masofa saqlash qoidalarini unutib qoʻydik. Biz haddan ortiq xotirjamlikka berilib ketdik, mana shu holat vaziyat jiddiylashuviga sabab boʻlyapti", - dedi Otabekov.
Eslatib oʻtamiz, 17 mart kuni JST COVAX dasturi asosida Oʻzbekistonga AstraZeneca kompaniyasining 660 ming doza vaktsinasi olib kelingan edi. Ayni damda Yevropaning 10dan ortiq davlati ushbu vaktsana bilan emlashni toʻxtatib qoʻyganligi sababli, Oʻzbekiston ham ushbu vaktsinani qoʻllash yoki qoʻllamaslik borasida JST yakuniy xulosasini kutib qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala