Vaksinatsiyaga undash uchun kasallik bo‘rttirib ko‘rsatilayotgani yo‘q - Otabekov

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Obuna bo‘lish
Biz niqob taqish, antiseptik vositalardan foydalanish, masofa saqlash qoidalarini unutib qo‘ydik. Mana shu holat vaziyat jiddiylashuviga sabab bo‘lyapti - Otabekov.
TOShKENT, 18 mar - Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Atabekov O‘zbekistonda vaksinatsiya arafasida paydo bo‘layotgan ayrim mish-mish va gumonlarni rad etdi.
- Odamlarni vaksinatsiya jarayonlariga undash uchun ataylab kasallik ko‘payishi bo‘rttirib ko‘rsatilyaptimi?
"Emlashga jalb qilish uchun atayin kasallik bo‘rttirib ko‘rsatilyapti, degan gaplarda mantiq yo‘q. Kasallik bolalar orasida ko‘payapti, biz esa 18 yoshdan yuqorilarni emlashni rejalashtirapmiz.
Karantin cheklovlariga kelsak, bunday bo‘lishiga o‘zimiz sababchimiz. Chunki niqob taqish, antiseptik vositalardan foydalanish, masofa saqlash qoidalarini unutib qo‘ydik. Biz haddan ortiq xotirjamlikka berilib ketdik, mana shu holat vaziyat jiddiylashuviga sabab bo‘lyapti", - dedi Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, 17-mart kuni JST COVAX dasturi asosida O‘zbekistonga AstraZeneca kompaniyasining 660 ming doza vaksinasi olib kelingan edi. Ayni damda Yevropaning 10dan ortiq davlati ushbu vaksana bilan emlashni to‘xtatib qo‘yganligi sababli, O‘zbekiston ham ushbu vaksinani qo‘llash yoki qo‘llamaslik borasida JST yakuniy xulosasini kutib qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0