https://oz.sputniknews-uz.com/20210319/bayden-kimning-qoirchogi--17856246.html
Bayden kimning qoʻgʻirchogʻi
Bayden kimning qoʻgʻirchogʻi
Rossiyada barcha AQSH prezidentining Vladimir Putin haqida aytgan gapi bilan tanishayotgan bir vaqtda AQShda jurnalistlar undan ham hayratli xabar bilan mashgʻul edi:
2021-03-19T18:13+0500
2021-03-19T18:13+0500
2021-03-19T18:13+0500
prezident
aqsh
jo bayden
kolumnistlar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/13/17844902_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_693a3af7319978b33194983ea26017d6.jpg
Rossiyada barcha AQSH prezidentining Vladimir Putin haqida aytgan gapi bilan tanishayotgan bir vaqtda AQShda jurnalistlar undan ham hayratli xabar bilan mashgʻul edi: Oq uy vanihoyat Jo Baydenning birinchi matbuot anjumani sanasini eʼlon qildi – 25 mart. Bu juda katta ish, aniqrogʻi Vashington yangi maʼmuriyati uni ana shunday voqeaga aylantirdi. AQShda uzoq yillik anʼana bor: yangi saylangan prezident, odatda bir oy ichida oʻzining ilk matbuot anjumanini oʻtkazadi. Masalan Barak Obama masalan – jurnalistlar oldiga prezidentligining 20 kunida, Donald Tramp – 27 va Jorj Bush – 33 kunida chiqqan edi. Bayden boʻlsa – 64 kunlik pauza oldi, bu sana ham oʻzgarib qolmasa hali. Soʻnggi kunlarda ushbu mavzu AQSH OAVlarining jigʻiga tegadigan darajada koʻp muhokama qilindi, deksak xato boʻlmaydi. Hatto prezidentga xayrixoh boʻlgan OAVlar ham uning jurnalistar bilan muloqotda qandaydir “bir xil hazillar, Oq uy tomonidan qattiq nazorat ostida oʻtadigan rejelashtirilgan tadbirlardan iborat” boʻlib qolganini payqashni boshlagan edilar. Bundan bir hafta oldin navbatdagi navbatdagi koʻngilsiz voqea sodir boʻlgan edi. Oʻshanda Xoʻjalik mollari doʻkoniga tashrif byurgan Bayden jurnalistlar savoliga javob bermoqchi boʻlganda, prezident yordamchilari unga ogʻiz ochishga imkor berishmagan edi. Albatta bunday harakatlar Oq uy egasining kognitiv funktsiyalari, prezidentlik vazifalarini bajara olish yoki olmasligi haqida shubha va mish-mishlar keltirib chiqaradi. Prezidentni jurnalistlardan bunchalik “olib-qochishning” albatta oʻziga yarasha sabablari boʻlsa kerak. Balkim Bayden kutilmagan savollarga javob berish, joyida improvizatsiya qilishni talab etadigan erkin muloqotga tayyor emasdir. Amerika prezidentining ABC News telekanaliga bergan rezonansli intervyusi ushbu gumonlarni tasdiqlaydi. Axir u Putinni “qotil” deb hisoblashini aytdi. Aniqrogʻi jurnalistning “Siz uni qotil deb hisoblaysizmi?” degan savoliga “Mmmm, ha” deb javob berdi. Aksariyat Rossiya OAVlari prezidentga ushbu savolni kim berganini aytib ham oʻtishmadi – afsus, chunki u odam oʻziga yarasha mashhur va taniqli. Djordj Stefanopulos — Amerika va dunyo siyosiy jurnalistikasining eng yorqin yulduzlaridan biridir. Uning qanchalik muhim figura ekanini tushunish uchun bir fakt kifoya: aynan Stefanopulos 2019 yilda Sharqiy iqtisodiy forumda Rossiya, Hindiston va Yaponiya rahbarlari nutqlarini moderatsiya qilishi rejalashtirilgan edi. Lekin soʻnggi damda u Vladivostokka uchib kela olmadi. Jurnalistning yangi bir taniqli tomoni – u siyosiy oʻtmishga ega va Amerikaning eng kuchli klanlaridan biri boʻlgan – Klintonlar oilasiga juda yaqin kishi hisoblanadi. Stefanopulos 1992 yilda Bill Klinton prezidentlik kampaniyasida kommunikatsiyalar direktori boʻlgan. Keyinchalik Klinton maʼmuriyatining muhim lavozimlarida ishlagan. 1990 yillarning ikkinchi yarmida u jurnalistika sohasiga oʻtib ketgan, lekin Klintonlar oilasi bilan aloqasini yoʻqotmagan. 2010 yillar oʻrtalarida jurnalist oʻz ish beruvchisi ABC Newsga xabar qilmasdan bir necha yillar davomida Klintonlar fondiga yirik xayriya mablagʻlari kiritgani (jami 75 ming AQSH dollari) maʼlum boʻlganida – katta mojaro kelib chiqqan edi. Shov-shuvni “rostgoʻy xato” deb bosti-bosti qilishdi. Shundan soʻng respublikachilar partiyasi unga (bir tomon foydasiga ishlashi mumkinligi uchun) ishonchsizlik bildirdi va saylovlarni moderatsiya qilishni taʼqiqlab qoʻyishni talab qilishdi. Aytish joizki Klintonlar oilasiga yaqin boʻlish, uni demokratlarga yoki ularning rahbarlariga yaqin boʻlishni anglatmaydi. AQShning Demokratik partiyasi ichida ham turli klanlar, guruhlar va anʼanaviy “Vashington botqogʻi” orasida mojarolar koʻp. Ular orasida radikal chap qanot siyosatchi guruhlari ham bor. Ushbu savolni berishga Stefanopulosni nima majbuor qilgani haqida faqat taxmin qilish mumkin xolos. Balkim bu balandroq sarlavha uchun odatiy “media-oʻyin” boʻlgan yoki puxta oʻylangan provokatsiya. Nima boʻlsa ham, ushbu qisqa intervyu AQSH prezidenti jurnalist tomonidan boshqariladigan maronetka ekanligi yaqqol koʻrinib qoldi. Boʻlib oʻtgan suhbat Jo Baydenning sogʻlim fikr yuritish va adekvat harakatlarga qodir ekaniga yanada koʻproq shubha uygʻotdi. Gollivud AQShning yashirin “Ichki davlati” oldida prezidenti aslida hech qanday muhim vazifa bajarmaslik mavzusini bir necha bor yortigan edi. Bu safar haqiqat har qanday ijodiy fantaziyalardan oshib ketdi - oq oʻyda har qanday jurnalist oʻziga kerakli savolga "mmmm, ha" degan javobni olishi mumkin boʻlgan odam boshchilik qilmoqda.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210318/zaxarova-baydenning-rossiya-haqidagi-bayonotlariga-munosabat-bildirdi-17825004.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210318/kreml-baydenning-putin-haqidagi-gaplariga-munosabat-bildirdi-17833649.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210318/ashqning-rossiya-bilan-hisoblashishiga-togri-keladi--putin-17837453.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210310/bayden-aqsh-mudofaa-vazirining-ismi-va-pentagon-nomini-esidan-chiqarib-qoydi-17547398.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Irina Alksnis
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
Irina Alksnis
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/13/17844902_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_a8d405dab7b3a32cefebf5084ee09143.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Irina Alksnis
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
prezident, aqsh, jo bayden
prezident, aqsh, jo bayden
Bayden kimning qoʻgʻirchogʻi
AQSH prezidentini qanday boshqarish mumkin? Ha, oʻzingizga kerakli savolni bersangiz boʻldi, u "Mmmm, Ha" deb javob beradi.
Rossiyada barcha AQSH prezidentining Vladimir Putin haqida aytgan gapi bilan tanishayotgan bir vaqtda AQShda jurnalistlar undan ham hayratli xabar bilan mashgʻul edi: Oq uy vanihoyat Jo Baydenning birinchi matbuot anjumani sanasini eʼlon qildi – 25 mart.
Bu juda katta ish, aniqrogʻi Vashington yangi maʼmuriyati uni ana shunday voqeaga aylantirdi.
AQShda uzoq yillik anʼana bor: yangi saylangan prezident, odatda bir oy ichida oʻzining ilk matbuot anjumanini oʻtkazadi. Masalan Barak Obama masalan – jurnalistlar oldiga prezidentligining 20 kunida, Donald Tramp – 27 va Jorj Bush – 33 kunida chiqqan edi. Bayden boʻlsa – 64 kunlik pauza oldi, bu sana ham oʻzgarib qolmasa hali.
Soʻnggi kunlarda ushbu mavzu AQSH OAVlarining jigʻiga tegadigan darajada koʻp muhokama qilindi, deksak xato boʻlmaydi. Hatto prezidentga xayrixoh boʻlgan OAVlar ham uning jurnalistar bilan muloqotda qandaydir “bir xil hazillar, Oq uy tomonidan qattiq nazorat ostida oʻtadigan rejelashtirilgan tadbirlardan iborat” boʻlib qolganini payqashni boshlagan edilar.
Bundan bir hafta oldin navbatdagi navbatdagi koʻngilsiz voqea sodir boʻlgan edi. Oʻshanda Xoʻjalik mollari doʻkoniga tashrif byurgan Bayden jurnalistlar savoliga javob bermoqchi boʻlganda, prezident yordamchilari unga ogʻiz ochishga imkor berishmagan edi.
Albatta bunday harakatlar Oq uy egasining kognitiv funktsiyalari, prezidentlik vazifalarini bajara olish yoki olmasligi haqida shubha va mish-mishlar keltirib chiqaradi. Prezidentni jurnalistlardan bunchalik “olib-qochishning” albatta oʻziga yarasha sabablari boʻlsa kerak. Balkim Bayden kutilmagan savollarga javob berish, joyida improvizatsiya qilishni talab etadigan erkin muloqotga tayyor emasdir.
Amerika prezidentining ABC News telekanaliga bergan rezonansli intervyusi ushbu gumonlarni tasdiqlaydi. Axir u Putinni “qotil” deb hisoblashini aytdi. Aniqrogʻi jurnalistning “Siz uni qotil deb hisoblaysizmi?” degan savoliga “Mmmm, ha” deb javob berdi.
Aksariyat Rossiya OAVlari prezidentga ushbu savolni kim berganini aytib ham oʻtishmadi – afsus, chunki u odam oʻziga yarasha mashhur va taniqli.
Djordj Stefanopulos — Amerika va dunyo siyosiy jurnalistikasining eng yorqin yulduzlaridan biridir. Uning qanchalik muhim figura ekanini tushunish uchun bir fakt kifoya: aynan Stefanopulos 2019 yilda Sharqiy iqtisodiy forumda Rossiya, Hindiston va Yaponiya rahbarlari nutqlarini moderatsiya qilishi rejalashtirilgan edi. Lekin soʻnggi damda u Vladivostokka uchib kela olmadi.
Jurnalistning yangi bir taniqli tomoni – u siyosiy oʻtmishga ega va Amerikaning eng kuchli klanlaridan biri boʻlgan – Klintonlar oilasiga juda yaqin kishi hisoblanadi.
Stefanopulos 1992 yilda Bill Klinton prezidentlik kampaniyasida kommunikatsiyalar direktori boʻlgan. Keyinchalik Klinton maʼmuriyatining muhim lavozimlarida ishlagan. 1990 yillarning ikkinchi yarmida u jurnalistika sohasiga oʻtib ketgan, lekin Klintonlar oilasi bilan aloqasini yoʻqotmagan.
2010 yillar oʻrtalarida jurnalist oʻz ish beruvchisi ABC Newsga xabar qilmasdan bir necha yillar davomida Klintonlar fondiga yirik xayriya mablagʻlari kiritgani (jami 75 ming AQSH dollari) maʼlum boʻlganida – katta mojaro kelib chiqqan edi. Shov-shuvni “rostgoʻy xato” deb bosti-bosti qilishdi.
Shundan soʻng respublikachilar partiyasi unga (bir tomon foydasiga ishlashi mumkinligi uchun) ishonchsizlik bildirdi va saylovlarni moderatsiya qilishni taʼqiqlab qoʻyishni talab qilishdi.
Aytish joizki Klintonlar oilasiga yaqin boʻlish, uni demokratlarga yoki ularning rahbarlariga yaqin boʻlishni anglatmaydi. AQShning Demokratik partiyasi ichida ham turli klanlar, guruhlar va anʼanaviy “Vashington botqogʻi” orasida mojarolar koʻp. Ular orasida radikal chap qanot siyosatchi guruhlari ham bor.
Ushbu savolni berishga Stefanopulosni nima majbuor qilgani haqida faqat taxmin qilish mumkin xolos. Balkim bu balandroq sarlavha uchun odatiy “media-oʻyin” boʻlgan yoki puxta oʻylangan provokatsiya.
Nima boʻlsa ham, ushbu qisqa intervyu AQSH prezidenti jurnalist tomonidan boshqariladigan maronetka ekanligi yaqqol koʻrinib qoldi. Boʻlib oʻtgan suhbat Jo Baydenning sogʻlim fikr yuritish va adekvat harakatlarga qodir ekaniga yanada koʻproq shubha uygʻotdi.
Gollivud AQShning yashirin “Ichki davlati” oldida prezidenti aslida hech qanday muhim vazifa bajarmaslik mavzusini bir necha bor yortigan edi. Bu safar haqiqat har qanday ijodiy fantaziyalardan oshib ketdi - oq oʻyda har qanday jurnalist oʻziga kerakli savolga "mmmm, ha" degan javobni olishi mumkin boʻlgan odam boshchilik qilmoqda.