Dunyoda

Eng baxtli mamlakatlar-2021 roʻyxatida Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?

© Flickr / Giorgio MontersinoMolodaya uzbekskaya mama s rebyonkom
Molodaya uzbekskaya mama s rebyonkom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Eng baxtiyor davlatlar birinchi oʻntaligidan Shimoliy Yevropa mamlakatlari oʻrin oldi. Har yili tuziladigan jahon reytingida Finlyandiya qatorasiga toʻrtinchi bor birinchi oʻrinni egalladi
TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Finlyandiya qatorasiga toʻrtinchi yildunyoning eng baxtli mamlakatlari - World Happiness Report reytingida yetakchi oʻrinni egalladi.
World Happiness Report dokladi BMT boʻlinmasi tomonidan barqaror taraqqiyotga erishish yechimlari boʻyicha anʼanaviy tarzda har yili tuziladi.
Uzbekskiye jenщinы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Dunyoda
Amerikalik olimlar oʻzbeklarga baxt uchun qancha pul kerakligini aniqlashdi
Unda dunyoning 149ta davlatiga baho beriladi, reytingni tuzishda umr davomiyligi, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, korruptsiya va boshqa koʻrsatkichlar inobatga olinadi.
Eng baxtli davlatlar boʻyicha butunjahon doklad ilk bor 2012 yilda tuzilgan.
Eng baxtiyor davlatlar oʻntaligidan shuningdek, Islandiya, Daniya, Shveytsariya, Niderlandlar, Shvetsiya, Germaniya, Norvegiya, Yangi Zelandiya va Avstriya oʻrin olgan. AQSH 14-oʻrinda, Buyuk Britaniya - 18, Frantsiya 20-oʻrinda kelmoqda.
Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng yaxshi koʻrsatkichlar Estoniya va Litvada – 28 va 29-oʻrinlar. Qirgʻiziston - 33, Latviya - 34, Qozogʻiston - 36, Oʻzbekiston - 42 oʻrinda, Moldova - 49, Rossiya - 60, Tojikiston - 62, Ukraina - 69, Gruziya - 73-oʻrinda.
BMT fikricha, eng baxtsiz davlatlar (reytingning oxirgi pogʻonasi) bu Zimbabve va Tanzaniyadir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala