Eng baxtli mamlakatlar-2021 ro‘yxatida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Obuna bo‘lish
Eng baxtiyor davlatlar birinchi o‘ntaligidan Shimoliy Yevropa mamlakatlari o‘rin oldi. Har yili tuziladigan jahon reytingida Finlyandiya qatorasiga to‘rtinchi bor birinchi o‘rinni egalladi
TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Finlyandiya qatorasiga to‘rtinchi yildunyoning eng baxtli mamlakatlari - World Happiness Report reytingida yetakchi o‘rinni egalladi.
World Happiness Report dokladi BMT bo‘linmasi tomonidan barqaror taraqqiyotga erishish yechimlari bo‘yicha an’anaviy tarzda har yili tuziladi.
Amerikalik olimlar o‘zbeklarga baxt uchun qancha pul kerakligini aniqlashdi
Unda dunyoning 149ta davlatiga baho beriladi, reytingni tuzishda umr davomiyligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, korrupsiya va boshqa ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.
Eng baxtli davlatlar bo‘yicha butunjahon doklad ilk bor 2012-yilda tuzilgan.
Eng baxtiyor davlatlar o‘ntaligidan shuningdek, Islandiya, Daniya, Shveysariya, Niderlandlar, Shvetsiya, Germaniya, Norvegiya, Yangi Zelandiya va Avstriya o‘rin olgan. AQSh 14-o‘rinda, Buyuk Britaniya - 18, Fransiya 20-o‘rinda kelmoqda.
Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichlar Estoniya va Litvada – 28 va 29-o‘rinlar. Qirg‘iziston - 33, Latviya - 34, Qozog‘iston - 36, O‘zbekiston - 42 o‘rinda, Moldova - 49, Rossiya - 60, Tojikiston - 62, Ukraina - 69, Gruziya - 73-o‘rinda.
BMT fikricha, eng baxtsiz davlatlar (reytingning oxirgi pog‘onasi) bu Zimbabve va Tanzaniyadir.
Yangiliklar lentasi
0