Kolumnistlar

“Kaddafi buni oldindan bilgan”: NATOning Liviyaga hujumi

© AP Photo / Ben Curtis Muammar Kaddafi
 Muammar Kaddafi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
2011 yil 19 martda NATO davlatlari armiyalari Liviyadagi fuqarolar urushiga aralashdi
Andrey Kots. Yuzlab bombalar va raketalar, minglab qurbonlar, Gʻarb harbiy mashinasining toʻliq ustunligi - bundan oʻn yil oldin, 2011 yil 19 martda NATO davlatlari armiyalari Liviyadagi fuqarolar urushiga aralashdi.
Kaddafi nazorat qilgan qoʻshin ularga hech qanday qarshilik koʻrsata olmadi - alyans aviatsiyasi har qanday qarshilikni darhol bostirdi. Operatsiya 31 oktyabr kuni yakunlandi. Natijada bir vaqtlar gullab-yashnagan Liviya - yagona davlat sifatida mavjudligini toʻxtatdi. U yerda janglar hamon davom etmoqda. Gʻarb interventsiyasi haqida - RIA Novosti materialida.

Eski adovat

2011 yil fevralda odamlar Liviyadagi aholi soni boʻyicha ikkinchi shahar - Bingazi shahri koʻchalariga chiqib, hukumat tomonidan hibsga olingan advokat va huquq faoli Fathi Terbilning ozod qilinishini talab qildilar. Bir necha kundan keyin butun mamlakat boʻylab hukumatga qarshi keng koʻlamli namoyishlar boshlandi. Bugungi kunda, koʻplab mutaxassislar ushbu Shimoliy Afrika davlatidagi fuqarolar urushiga Kirenaika va Tripolitaniya qabilalari oʻrtasidagi mojaro asl sabab boʻlgan, deb hisoblashadi. Muammar Qaddafi 40 yildan oshiq vaqt davomida hukmronlik qildi, bu raqib klaniga yoqmadi.
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Kolumnistlar
Bayden kimning qoʻgʻirchogʻi
Kaddafi kuchishlatar tuzilmalari qurol qoʻllashdi. Ommaviy tartibsizliklar koʻcha janglariga aylanib ketdi. Qurbonlar soni oʻnlab kishiga yetdi. Muxolifat bir nechta qurol-yarogʻ omborlarini egallab oldi va Bingazi shahrini bosib oldi.
Mart oyining boshlarida Qaddafiga qarshi muxolifat "Tripoliga yurish" eʼlon qildi. Poytaxtga besh mingga yaqin koʻngilli qoʻshin askari hujum qildi, ammo ular tormor etildi. Oʻsha paytda Qaddafi armiyasida tanklar, artilleriya, kuchli aviatsiyasi bor edi, muxolifatda esa – eng koʻpi pulemyot bilan pikaplar bor edi. 18 martda hukumat kuchlari Bingazi shahriga kirib, isyonni bostirishga tayyorlanayotgandi. Biroq, BMT Xavfsizlik Kengashi qirgʻindan qoʻrqib, xalqaro hamjamiyatga Liviyada kuch ishlatishga ruxsat berdi. Bitta shart – quruqlik orqali bostirib qirmaslik.
Gʻarb davlatlari hukumatlari anchadan beri Qaddafiga kek saqlagan va fursatdan foydalanib, eski ginalar uchun oʻch olishga shoshilishdi.
1969 yilgi davlat toʻntarishidan keyin Liviya tez-tez Yevropa va AQSH bilan bir-biriga qarshi boʻlishdi.
Vashington Kaddafini xalqaro terrorizmni qoʻllab-quvvatlashda aybladi, Parij 1970 va 1980 yillarda Frantsiyaning sobiq mustamlakasi Chadga bostirib kirishi, London - irlandiyalik separatistlarga yordam bergani uchun hech ham kechirmagan ekan. BMT rezolyutsiyasidan soʻng, interventsiya hal qilingan masala edi.
Biroq, Kaddafi isteʼfoga chiqmadi. "Men hech qachon Liviya yerini tark etmayman, soʻngi tomchi qonimga qadar kurashaman va bu yerda ota-bobolarim bilan shahid boʻlib oʻlaman", deb murojaat qildi u xalqqa.
Men ketish uchun prezident emasman, men inqilob yetakchisiman va liviyaliklarga shon-sharaf keltirgan badaviy-jangchisiman.

Uchish taqiqlangan zona

Operatsiyaning bosh kuratori va tashkilotchisi - Pentagon Liviya qirgʻoqlariga katta kuch keltirdi: amfibiya-desant guruhi tarkibida toʻrt ming dengiz piyoda askarlari, 22-dengiz piyoda ekspeditsiya korpusi askarlari, “Arli Berk” ikkita esminets, ikkita “Los Anjeles” koʻp maqsadli atom suvosti kemalari, “Ogayo”strategik atom kemasi. Shuningdek, amerikaliklar zarba va bombardimonchi aviatsiyani tayyorladilar. Interventsiyaning eng faol ishtirokchilari boʻlgan frantsuzlar toʻrtta fregat va “Sharl de Goll” aviatashuvchisini olib kelishdi. Boshqa NATO aʼzolari ham oʻz hissalarini qoʻshdilar. Umuman olganda, operatsiyaga 18 davlat harbiy xizmatchilari u yoki bu darajada jalb qilingandi.
Arxipelag Zemlya Frantsa-Iosifa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Dunyoda
Xitoy Arktika tufayli Rossiya va NATO oʻrtasida urush boʻlishini bashorat qildi
BMT rezolyutsiyasida faqat Liviya ustidan uchish taqiqlangan rejim koʻzda tutilgan boʻlsa-da, NATO aviatsiyasi birinchi navbatda quruqlikdagi nishonlarga zarba berdi. 19 mart kuni Frantsiyaning HHK 20 ga yaqin samolyoti Bingazi yaqinida hukumat armiyasining koʻplab zirhli texnikasiga hujum qildi. Shu kunning oʻzida Amerika va Buyuk Britaniya floti Liviyadagi nishonlarga 114 ta qanotli raketalarni uchirdi. Tripoli maʼlum qilishicha, bu hujumlar natijasida 64 kishi halok boʻldi va 150 kishi jarohat oldi. NATO aviatsiyasi oʻnlab koʻpriklar, yoʻllarni va koʻplab fuqarolik infratuzilmasini vayron qildi.
Keyingi kunlarda bombardimon davom etdi. Mamlakat ustiga minglab turli xil kalibrli oʻq-dorilar tushdi. 23 mart kuni Britaniya HHK qoʻmondoni Greg Begvill “Liviya HHK endi yoʻq”, deb eʼlon qildi. BMT qaroriga binoan aralashuv shu yerda tugashi kerak edi. Biroq, Gʻarb toʻxtamoqchi emas edi.

Kaddafining oʻlimi

Liviya ustidan havoda ustunlikni qoʻlga kiritib, uchish taqiqlangan zonani yaratgan NATO hujum samolyotlari Kaddafi armiyasining texnikasi, harbiy xizmatchilarni va infratuzilmasini yoʻq qila boshladi. Bu kaltaklash edi. Amerikaliklar hattoki operatsiyada "ogʻir kavaleriya" - B-1B va B-2 strategik bombardimonchilaridan, shuningdek, AC-130 "uchar batareyasi"dan foydalanishdi. NATO aviatsiyasi deyarli qarshiliksiz harakat qildi - eskirgan Liviya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi zamonaviy samolyotlarga qarshilik qila olmadi.
Rossiya HDFning Atlantikadagi faolligi AQShni qoʻrqitib yubordi: NATO blokada haqida oʻylamoqda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Video
Atlantikadagi Rossiya floti AQShni qoʻrqitib yubordi: NATO blokada haqida oʻylamoqda
Qiruvchi, vertolyotlar, dron zarbalari oqibatida deyarli barcha havo hujumidan mudofaa tizimini yakson boʻldi, Liviyaning quruqlikdagi kuchlari tajovuzkorga qarshi himoyasiz qoldi. Shunday qilib, 10 aprel kuni Shimoliy Atlantika alyansi samolyotlari bir vaqtning oʻzida 25 ta Liviya tankini yakson qildi. May oyida NATO samolyotlari Tripolini bombardimon qila boshladi. Ular Muammar Kaddafi qarorgohiga bir necha bor zarba berishgan, ammo har safar u qochishga muvaffaq boʻlgan.
Uning yashirin joylaridan biri mamlakat shimolidagi Sirt shahrida boʻlgan. 2011 yil kuziga kelib, ushbu aholi punkti rasmiy Tripoli tomonidan nazorat qilinadigan kam sonli joylardan biri boʻlib qoldi. Oktyabr oyining boshlarida qurollangan muxolifat boʻlinmalari hujumga kirishdi. Oʻtish davri milliy kengashi tarafdorlari - Kaddafi Sirtda yashirinayotganini bilgan va uni har qanday yoʻl bilan qoʻlga olishga harakat qilgan.
Ular Liviya yetakchisini 20 oktyabrda shahar bosib olingan paytida qoʻlga olishdi. Kaddafi atrofida olomon toʻplandi. Har bir kishi uni urishga, haqorat qilishga, unga ogʻir narsani tashlashga harakat qildi. Uch soatdan koʻproq vaqt davomida tahqirlashdi, shundan keyin mashinaga yuklab, kasalxonaga olib borildi. Ammo u allaqachon vafot etgan edi. NATO bloki oʻz vazifasini bajarib, 31 oktyabrda operatsiyani yakunladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala