“Kaddafi buni oldindan bilgan”: NATOning Liviyaga hujumi

© AP Photo / Ben Curtis Muammar Kaddafi
 Muammar Kaddafi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
Obuna bo‘lish
2011 yil 19-martda NATO davlatlari armiyalari Liviyadagi fuqarolar urushiga aralashdi
Andrey Kos. Yuzlab bombalar va raketalar, minglab qurbonlar, G‘arb harbiy mashinasining to‘liq ustunligi - bundan o‘n yil oldin, 2011-yil 19-martda NATO davlatlari armiyalari Liviyadagi fuqarolar urushiga aralashdi.
Kaddafi nazorat qilgan qo‘shin ularga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi - alyans aviatsiyasi har qanday qarshilikni darhol bostirdi. Operatsiya 31-oktabr kuni yakunlandi. Natijada bir vaqtlar gullab-yashnagan Liviya - yagona davlat sifatida mavjudligini to‘xtatdi. U yerda janglar hamon davom etmoqda. G‘arb intervensiyasi haqida - RIA Novosti materialida.

Eski adovat

2011 yil fevralda odamlar Liviyadagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi shahar - Bingazi shahri ko‘chalariga chiqib, hukumat tomonidan hibsga olingan advokat va huquq faoli Fathi Terbilning ozod qilinishini talab qildilar. Bir necha kundan keyin butun mamlakat bo‘ylab hukumatga qarshi keng ko‘lamli namoyishlar boshlandi. Bugungi kunda, ko‘plab mutaxassislar ushbu Shimoliy Afrika davlatidagi fuqarolar urushiga Kirenaika va Tripolitaniya qabilalari o‘rtasidagi mojaro asl sabab bo‘lgan, deb hisoblashadi. Muammar Qaddafi 40-yildan oshiq vaqt davomida hukmronlik qildi, bu raqib klaniga yoqmadi.
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
Bayden kimning qo‘g‘irchog‘i
Kaddafi kuchishlatar tuzilmalari qurol qo‘llashdi. Ommaviy tartibsizliklar ko‘cha janglariga aylanib ketdi. Qurbonlar soni o‘nlab kishiga yetdi. Muxolifat bir nechta qurol-yarog‘ omborlarini egallab oldi va Bingazi shahrini bosib oldi.
Mart oyining boshlarida Qaddafiga qarshi muxolifat "Tripoliga yurish" e’lon qildi. Poytaxtga besh mingga yaqin ko‘ngilli qo‘shin askari hujum qildi, ammo ular tormor etildi. O‘sha paytda Qaddafi armiyasida tanklar, artilleriya, kuchli aviatsiyasi bor edi, muxolifatda esa – eng ko‘pi pulemot bilan pikaplar bor edi. 18-martda hukumat kuchlari Bingazi shahriga kirib, isonni bostirishga tayyorlanayotgandi. Biroq, BMT Xavfsizlik Kengashi qirg‘indan qo‘rqib, xalqaro hamjamiyatga Liviyada kuch ishlatishga ruxsat berdi. Bitta shart – quruqlik orqali bostirib qirmaslik.
G‘arb davlatlari hukumatlari anchadan beri Qaddafiga kek saqlagan va fursatdan foydalanib, eski ginalar uchun o‘ch olishga shoshilishdi.
1969 yilgi davlat to‘ntarishidan keyin Liviya tez-tez Yevropa va AQSh bilan bir-biriga qarshi bo‘lishdi.
Vashington Kaddafini xalqaro terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda aybladi, Parij 1970 va 1980-yillarda Fransiyaning sobiq mustamlakasi Chadga bostirib kirishi, London - irlandiyalik separatistlarga yordam bergani uchun hech ham kechirmagan ekan. BMT rezolyutsiyasidan so‘ng, intervensiya hal qilingan masala edi.
Biroq, Kaddafi iste’foga chiqmadi. "Men hech qachon Liviya yerini tark etmayman, so‘ngi tomchi qonimga qadar kurashaman va bu yerda ota-bobolarim bilan shahid bo‘lib o‘laman", deb murojaat qildi u xalqqa.
Men ketish uchun prezident emasman, men inqilob yetakchisiman va liviyaliklarga shon-sharaf keltirgan badaviy-jangchisiman.

Uchish taqiqlangan zona

Operatsiyaning bosh kuratori va tashkilotchisi - Pentagon Liviya qirg‘oqlariga katta kuch keltirdi: amfibiya-desant guruhi tarkibida to‘rt ming dengiz piyoda askarlari, 22-dengiz piyoda ekspeditsiya korpusi askarlari, “Arli Berk” ikkita esmines, ikkita “Los Anjeles” ko‘p maqsadli atom suvosti kemalari, “Ogayo”strategik atom kemasi. Shuningdek, amerikaliklar zarba va bombardimonchi aviatsiyani tayyorladilar. Intervensiyaning eng faol ishtirokchilari bo‘lgan fransuzlar to‘rtta fregat va “Sharl de Goll” aviatashuvchisini olib kelishdi. Boshqa NATO a’zolari ham o‘z hissalarini qo‘shdilar. Umuman olganda, operatsiyaga 18 davlat harbiy xizmatchilari u yoki bu darajada jalb qilingandi.
Arxipelag Zemlya Fransa-Iosifa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Xitoy Arktika tufayli Rossiya va NATO o‘rtasida urush bo‘lishini bashorat qildi
BMT rezolyutsiyasida faqat Liviya ustidan uchish taqiqlangan rejim ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, NATO aviatsiyasi birinchi navbatda quruqlikdagi nishonlarga zarba berdi. 19-mart kuni Fransiyaning HHK 20 ga yaqin samolyoti Bingazi yaqinida hukumat armiyasining ko‘plab zirhli texnikasiga hujum qildi. Shu kunning o‘zida Amerika va Buyuk Britaniya floti Liviyadagi nishonlarga 114 ta qanotli raketalarni uchirdi. Tripoli ma’lum qilishicha, bu hujumlar natijasida 64 kishi halok bo‘ldi va 150 kishi jarohat oldi. NATO aviatsiyasi o‘nlab ko‘priklar, yo‘llarni va ko‘plab fuqarolik infratuzilmasini vayron qildi.
Keyingi kunlarda bombardimon davom etdi. Mamlakat ustiga minglab turli xil kalibrli o‘q-dorilar tushdi. 23-mart kuni Britaniya HHK qo‘mondoni Greg Begvill “Liviya HHK endi yo‘q”, deb e’lon qildi. BMT qaroriga binoan aralashuv shu yerda tugashi kerak edi. Biroq, G‘arb to‘xtamoqchi emas edi.

Kaddafining o‘limi

Liviya ustidan havoda ustunlikni qo‘lga kiritib, uchish taqiqlangan zonani yaratgan NATO hujum samolyotlari Kaddafi armiyasining texnikasi, harbiy xizmatchilarni va infratuzilmasini yo‘q qila boshladi. Bu kaltaklash edi. Amerikaliklar hattoki operatsiyada "og‘ir kavaleriya" - B-1B va B-2 strategik bombardimonchilaridan, shuningdek, AC-130 "uchar batareyasi"dan foydalanishdi. NATO aviatsiyasi deyarli qarshiliksiz harakat qildi - eskirgan Liviya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi zamonaviy samolyotlarga qarshilik qila olmadi.
Rossiya HDFning Atlantikadagi faolligi AQShni qo‘rqitib yubordi: NATO blokada haqida o‘ylamoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Atlantikadagi Rossiya floti AQShni qo‘rqitib yubordi: NATO blokada haqida o‘ylamoqda
Qiruvchi, vertolotlar, dron zarbalari oqibatida deyarli barcha havo hujumidan mudofaa tizimini yakson bo‘ldi, Liviyaning quruqlikdagi kuchlari tajovuzkorga qarshi himoyasiz qoldi. Shunday qilib, 10-aprel kuni Shimoliy Atlantika alyansi samolyotlari bir vaqtning o‘zida 25 ta Liviya tankini yakson qildi. May oyida NATO samolyotlari Tripolini bombardimon qila boshladi. Ular Muammar Kaddafi qarorgohiga bir necha bor zarba berishgan, ammo har safar u qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Uning yashirin joylaridan biri mamlakat shimolidagi Sirt shahrida bo‘lgan. 2011-yil kuziga kelib, ushbu aholi punkti rasmiy Tripoli tomonidan nazorat qilinadigan kam sonli joylardan biri bo‘lib qoldi. Oktabr oyining boshlarida qurollangan muxolifat bo‘linmalari hujumga kirishdi. O‘tish davri milliy kengashi tarafdorlari - Kaddafi Sirtda yashirinayotganini bilgan va uni har qanday yo‘l bilan qo‘lga olishga harakat qilgan.
Ular Liviya yetakchisini 20-oktabrda shahar bosib olingan paytida qo‘lga olishdi. Kaddafi atrofida olomon to‘plandi. Har bir kishi uni urishga, haqorat qilishga, unga og‘ir narsani tashlashga harakat qildi. Uch soatdan ko‘proq vaqt davomida tahqirlashdi, shundan keyin mashinaga yuklab, kasalxonaga olib borildi. Ammo u allaqachon vafot etgan edi. NATO bloki o‘z vazifasini bajarib, 31-oktabrda operatsiyani yakunladi.
Yangiliklar lentasi
0