Hodisalar

Metro toʻqnashuvida hech kim jarohat olmadi - FVV

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Pervыe passajirы sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
 Pervыe passajirы sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Sirgʻali yoʻnalishida harakatlanayotgan metro poyezdi texniq sabablarga koʻra toʻxtab qolgan poyezdga borib yengil urilgan.
TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Toshkent metrosining Sirgʻali yoʻnalishida sodir boʻlgan hodisada hech kim jabrlanmadi. Bu haqida FVV rasmiy bayonot berdi.
Xabarda aytilishiga koʻra, 18 mart kuni soat 20:10larda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi “Olmozor” yer osti metro bekatidan “Sirgʻali” metro yoʻnalishining “Choshtepa” yer usti metro bekati tomon harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat poyezd texnik sabablarga koʻra toʻxtab qoladi. Birozdan soʻng ushbu yoʻnalishda harakatlanayotgan navbatdagi poyezd toʻxtab turgan vagonga borib yengil urilgan.
Ushbu hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki halok boʻlganlar yoʻq. Vagonlarga ham jiddiy zarar yetmagan, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, “Sirgʻali” metro yoʻnalishining voqea sodir boʻlgan qismida harakat vaqtincha toʻxtatilganligi bois, poyezdlar harakati qoʻshimcha (yordamchi) yoʻnalish boʻyicha davom ettirildi. Ayni damda ushbu yoʻnalishda harakatlar toʻliq qayta yoʻlgan qoʻyilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala