Metro to‘qnashuvida hech kim jarohat olmadi - FVV

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Pervie passajiri sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
 Pervie passajiri sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
Obuna bo‘lish
Sirg‘ali yo‘nalishida harakatlanayotgan metro poyezdi texniq sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan poyezdga borib yengil urilgan.
TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Toshkent metrosining Sirg‘ali yo‘nalishida sodir bo‘lgan hodisada hech kim jabrlanmadi. Bu haqida FVV rasmiy bayonot berdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 18-mart kuni soat 20:10larda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi “Olmozor” yer osti metro bekatidan “Sirg‘ali” metro yo‘nalishining “Choshtepa” yer usti metro bekati tomon harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat poyezd texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qoladi. Birozdan so‘ng ushbu yo‘nalishda harakatlanayotgan navbatdagi poyezd to‘xtab turgan vagonga borib yengil urilgan.
Ushbu hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar yo‘q. Vagonlarga ham jiddiy zarar yetmagan, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, “Sirg‘ali” metro yo‘nalishining voqea sodir bo‘lgan qismida harakat vaqtincha to‘xtatilganligi bois, poyezdlar harakati qo‘shimcha (yordamchi) yo‘nalish bo‘yicha davom ettirildi. Ayni damda ushbu yo‘nalishda harakatlar to‘liq qayta yo‘lgan qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0