Mirziyoyev "Shovozsoy" dam olish zonasi haqida: "Prezidentni nima aloqasi bor unga?"

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil maxallyu Eshonobod Chinazskogo rayona
Shavkat Mirziyoyev posetil maxallyu Eshonobod Chinazskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Shovozsoy" dam olish zonasi O‘zbekiston rahbariyati uchun qurilgani haqida xabardar paydo bo‘lgan edi. Prezident Mirziyoyev jurnalistlar bilan uchrashuvda ushbu mish-mishlarga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 19 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan uchrashuvda "Shovvozsoy" dam olish zonasi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Shovvozsoy" dam olish maskani O‘zbekiston rahbariyati uchun qurilgani haqida taxminlar paydo bo‘lgan edi. Shundan so‘ng "O‘zbekiston temir yo‘llari" ushbu xabar asossiz va noxolis ekani haqida rasmiy bayonot e’lon qilgan edi.
Kto mojet popast v zonu otdixa Shovvozsoy - otvet Uzbekiston temir yullari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
“O‘zbekiston temir yo‘llari” “Shovvozsoy” dam olish maskani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi
Mirziyoyev dam olish zonasi xususida to‘xtalar ekan, bu ""O‘zbekiston temir yo‘llari"ning davlat korxonasi. Hech kim u yerda turib, yashamaydi yoki birovga o‘tkazilgani yo‘q. U davlatning joyi. Prezidentning nima aloqasi bor?", - deya qayd etdi.
"Prezident ham agar qandaydir martabali, O‘zbekistonga foydasi tegadigan inson kelsa, boradi. Aytmaysizlarmi, Prezident bilan biz piyoda yuramiz, sizlar ham kelib, bir marta piyoda yurib ko‘ringlar, keyin Prezident 5-yilda necha marta dam olibdi ekan, degan savolni nega bermaysizlar?" — deya davom etdi O‘zbekiston yetakchisi.
O‘zbekiston temir yo‘llari"ning eslatishicha, Vazirlar Mahkamasining 2010-yildagi qaroriga asosan, Ugam-Chotqol milliy tabiat bog‘i tasarrufidagi "Shovvozsoy" o‘rmon xo‘jaligi yerlari "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasiga temir yo‘lchilar va ularning oila a’zolari, kompaniyaning xorijiy hamkorlari, mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun zamonaviy ekoturizm maskanini barpo etish hamda mavjud ekotizimni saqlab qolish maqsadida ajratilgan.
Putin poshutil pro “yeshe odin dvores” - video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2021
Putin o‘zining yana bir saroyi haqida hazil qildi
"Bu yerda 2011-yildan boshlab, ya’ni 10-yil davomida bosqichma-bosqich qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilgan. Barcha investitsiyalar temir yo‘l kompaniyasining budjetdan tashqari mablag‘lari, jumladan, daromadlari hisobidan amalga oshirilgan", — deyiladi xabarda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 10-yil davomida dam olish maskani qurilishiga sarflangan investitsiyalar hajmi 495 milliard so‘mni tashkil etgan.
"Ushbu dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarida "O‘zbekiston temir yo‘llari" bilan shartnoma va yo‘llanmalar asosida, temir yo‘lchilar bilan bir qatorda, prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, idora va davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar, shuningdek, respublika aholisi va chet ellik investorlar, hamkorlar va sayyohlarga ekoturizm va ekstremal turizm, salomatlikni mustahkamlash va qayta tiklash xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda", — deya qayd etilgan bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0