Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda "orzu daraxti" boʻlgan uskunaga roʻmol oʻrniga niqoblarni bogʻlab ketishmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDaxma Chilpыk (Shыlpыk, Chilpыk-kala), Karakalpakiya
Daxma Chilpыk (Shыlpыk, Chilpыk-kala), Karakalpakiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Gap Nukusdagi yoshi 2200 yildan ortiq boʻlgan Shilpiq-qalʼa haqida bormoqda. Qalʼa ustidagi piramida shaklidagi temir uskunaga sayyohlar azaldan yaxshi niyat bilan turli lentalar yoki dastroʻmollarni bogʻlab ketishar edi.
TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi sayyohlar urf-odatlariga ham oʻzgarishlarni olib kirdi.
Gap Nukusdan 43 km masofadagi tabiiy yassi tepalikning choʻqqisida joylashgan qadimgi Zardushtiylik yodgorligi - Shilpiq-qalʼa haqida bormoqda.
Shilpiq-qalʼada tumandagi eng baland tushov oʻrnatilgan boʻlib, geodezik piramida allaqachon sayyohlar uchun "orzu daraxti" vazifasini oʻtab kelayotgan edi. U butunlay matolardan kesilgan tasmalar bilan qoplangan: mahalliy aholi va turistlar ularni baxt va omad tilab bogʻlaganlar.
Biroq hozirda piramidani rango-rang shaxsiy himoya vositalari - tibbiyot niqoblari "bezab" turganini koʻrish mumkin.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaChalpыk-Kala, Karakalpakstan
Chalpыk-Kala, Karakalpakstan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Chalpыk-Kala, Karakalpakstan
Mahalliy aholi sayyohlarning ushbu uskunaga niqob bogʻlab ketayotganini quyidagicha tushuntiradi: ushbu art-obʼyekt "Orzu daraxti" deb nomlangani uchun ham, sayyohlar koronavirus pandemiyasi tezroq tugashini niyat qilib, unga niqoblarni bogʻlab ketayotgan boʻlishlari mumkin.
Biroq piramidaga bogʻlangan niqoblarning aksariyat qismi - ishlatilganligini koʻrish mumkin. Sputnik muxbiri bilan suhbatda mutaxassis foydalanilgan niqoblarni bunday joylarga bogʻlamaslik, balki ularni ehtiyotkorlik bilan utilizatsiya qilish lozimligini aytadi. Negaki niqoblarda virus parchalari saqlanib qolishi mumkin.
Shu bois, foydalanilgan niqoblarni alohida tsellofan paketga joylab, chiqindi uchun moʻljallangan konteynerlarga tashlagan maʼqul. Sababi, sintetik materiallardan tayyorlangan niqoblar yuz yillar davomida ham chirib yoʻq boʻlmaydi.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Jamiyat
Buxoro va Qoraqalpogʻistondagi 30 ta maktab ichimlik suvi bilan taʼminlanadi
Maʼlumot uchun: mazkur qadimgi Zardushtiylik yodgorligi - Dahmiy Chilpiq (Shilpiq, Chilpiq-qalʼa) yoshi 2200 yildan ortiq. Chilpiq - bu 15 metr balandlikdagi 65 metr diametrga ega tomsiz dumaloq minora.
Minoraning asos qismidan daryo tomon yoʻlak tushgan. Minora va uning atrofida loy taxtachalar va tosh ossuarilar topilgan boʻlib, ularning ayrimlari bugun Nukus va Toshkentdagi muzeylarda saqlanib kelinmoqda. II-IV asrlarda zardushtlar dahmasi sifatida qad rostlagan boʻlsa, IX-XI asrlarda mahalliy aholi undan xabar minorasi sifatida foydalangan.
Bu yerlarga arablarning kelishi (VII asr) bilanoq, minora qayta qurilgan, soʻngra, IX-X asrlarda Qadimiy Xorazmning gullagan vaqtlarida yana taʼmirlangan. Bir qator tadqiqotchi olimlarning fikricha, xorazmliklar Chilpiqdan Xorazmshohlar davlatining boshqa qalʼalari bilan bir qatorda xabar yetkazish va mudofaa minorasi sifatida foydalanishgan. Chilpiq Qoraqalpogʻistonning yorqin yodgorliklaridan biri hisoblanib, hatto respublika gerbida ham uning tasviri aks ettirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala