O‘zbekistonlik sambochilardan umid katta - Shestakov

© Sputnik / Igor RussakPrezident Mejdunarodnoy federatsii sambo Vasiliy Shestakov
Prezident Mejdunarodnoy federatsii sambo Vasiliy Shestakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
Obuna bo‘lish
Moskvada bo‘lib o‘tadigan xalqaro sambo kubogida O‘zbekiston sambo jamoasi eng kuchli jamolardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Moskvada 25-26 mart kunlari Xarlampiyev xotirasiga ba-ishlangan, an’anaviy sambo bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 3 tur bo‘yicha tashkil qilinadi: erkaklar, ayollar va jangovar sambo.
Unda dunyoning 15ta mamlakatidan 300ga yaqin sportchilar ishtirok etadi: O‘zbekiston, Belarus, Venesuela, Italiya, Qozog‘iston, Koolumbiya, Qirg‘iziston, Xitoy, Marokko, Moldoviya, Rossiya, Ruminiya, Serbiya va Fransiya.
Musobaqa arafasida Sputnik muxbiri Xalqaro Sambo federatsiyasi prezidenti, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy Vasiliy Shestakov bilan bog‘landi. Shestakov musabaqa va O‘zbekistonlik sambochilar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
O‘zbekiston jamoasi - eng kuchli jamoalardn biri. Ular har doim stabil natija namoyish etishadi. Mening fikrimcha ular bir necha medallar sohibi bo‘lishadi, jumladan oltin ham, - dedi Shestakov.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan Sambo bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston 14ta medal yutib olgan edi. Ular orasida 3ta oltin, 8ta kumush va 3ta bronza medal sohibi bo‘lib umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Batafsil Sputknik podkastida tinglang.
Shestakov: Uzbekskie sambisti pokajut visokiy rezultat
Yangiliklar lentasi
0