Xonobodda yangi vokzal binosi ochildi

© Ministerstvo TransportaV Xanabade otkrili novoe zdanie vokzala
V Xanabade otkrili novoe zdanie vokzala  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
Obuna bo‘lish
Navro‘z bayrami arafasida Andijonning Xonobod shahrida yangi vokzal binosi ishga tushdi.
TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Andijon viloyati Xonobod tumanida yangi temir yo‘l vokzali binosi ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Bugun ushbu temir yo‘l vokzali foydalanishga topshirildi. Erta tongdan "Andijon – Xonobod" yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi poyezdi harakatini boshladi, - deyilgan xabarda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qurib bitkazilgan 50 vokzal bir sutkada 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Vokzalda 20 nafarga yaqin yangi ish o‘rnlari yaratilgan.
Navro‘z bayrami arafasida mazkur temiryo‘l vokzalining foydalanishga topshirilishi Xonobodliklar uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0