Qashqadaryoda xotini bilan janjaldan soʻng er oʻz uyini portlatdi
Qashqadaryoda xotini bilan janjaldan soʻng er oʻz uyini portlatdi
toshkent, 20 mar – sputnik. qashqadaryo viloyati qarshi tumanida yashovchi erkak oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida uyini portlatib yubordi. bu haqda "zamon"
TOSHKENT, 20 mar – Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi erkak oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida oʻzi yashaydigan xonadonni portlatib yubordi, deb xabar berildi "Zamon" informatsion dasturida.Reportajda aytilishicha, hodisa Qarshi tumanidagi "Shirkent" mahallasida sodir boʻlgan. Bayram arafasida er-xotin oʻrtasida janjal chiqqan. Eri tomonidan kaltaklanib, haqoratlangan ayol mahalla inspektoriga qoʻngʻiroq qilib, eri oila aʼzolarining hammasini oʻldirish bilan tahdid qilayotganini aytadi.Voqea joyiga mahalla kotibi va noziri yetib kelganida, erkak ularni koʻrib yanada jazavaga tushib, uy ichiga kirib ketgan. Oʻsha vaqtda u gaz balonni ochib qoʻygan boʻlgan.Profilaktika inspektori erkakni tinchlantirish uchun puyga qaytib kirganida, erkak is gaziga toʻlib turgan xonada gugurt chaqqan va uyni portlatib yuborgan.Oqibatda mahalla kotibi va noziri tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Shuningdek, uyning oshxona va yotoqxona qismi qulab tushgan."Jahlim chiqib turgan edi. Oʻzimni koʻrsatmoqchi boʻldimmi, bilmayman. Xotinim u dedi, men bu dedim. Qilgan ishimdan pushaymonman, azobini koʻryapman", — deydi syujet oxirida erkak.Ayni vaqtda tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qashqadaryolik erkak 8-mart arafasida xotini bilan janjallashib, qattiq jazavaga tushgan va gaz balonni ochib, uyni ichi gazga toʻlgach, gugurt chaqib, xonadonni portlatgan. Ushbu hodisa oqibatida er-xotinni yarashtirishga kelgan mahalla kotibi va inspektor jabrlangan
TOSHKENT, 20 mar – Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi erkak oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida oʻzi yashaydigan xonadonni portlatib yubordi, deb xabar berildi "Zamon" informatsion dasturida.
Reportajda aytilishicha, hodisa Qarshi tumanidagi "Shirkent" mahallasida sodir boʻlgan. Bayram arafasida er-xotin oʻrtasida janjal chiqqan. Eri tomonidan kaltaklanib, haqoratlangan ayol mahalla inspektoriga qoʻngʻiroq qilib, eri oila aʼzolarining hammasini oʻldirish bilan tahdid qilayotganini aytadi.
Voqea joyiga mahalla kotibi va noziri yetib kelganida, erkak ularni koʻrib yanada jazavaga tushib, uy ichiga kirib ketgan. Oʻsha vaqtda u gaz balonni ochib qoʻygan boʻlgan.
Profilaktika inspektori erkakni tinchlantirish uchun puyga qaytib kirganida, erkak is gaziga toʻlib turgan xonada gugurt chaqqan va uyni portlatib yuborgan.
Oqibatda mahalla kotibi va noziri tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Shuningdek, uyning oshxona va yotoqxona qismi qulab tushgan.
"Jahlim chiqib turgan edi. Oʻzimni koʻrsatmoqchi boʻldimmi, bilmayman. Xotinim u dedi, men bu dedim. Qilgan ishimdan pushaymonman, azobini koʻryapman", — deydi syujet oxirida erkak.
Ayni vaqtda tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.