Ismatulla Irgashev Afg‘oniston TIV rahbari bilan uchrashdi

© Mejdunarodniy press-klubSpespredstavitel prezidenta Uzbekistana v Afganistane Ismatulla Irgashev
Spespredstavitel prezidenta Uzbekistana v Afganistane Ismatulla Irgashev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2021
Obuna bo‘lish
Muloqot davomida o‘zbek-afg‘on hamkorligining boshqa sohalardagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ham fikr almashildi.
TOShKENT, 20 mar – Sputnik. 2021-yilning 18-mart kuni Kobul shahrida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi.
Pogranichniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
Afg‘oniston armiyasi shimolda oxirgi istehkomni tark etdi: MO mintaqasini nima kutmoqda
Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri afg‘on mojorasini siyosiy jihatdan bartaraf etish, mamlakatdagi infratuzilma va iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish, xususan, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi hamda “Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishidagi O‘zbekistonning muhim rolini alohida ta’kidladi.
Afg‘oniston rahbariyati mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash hamda mintaqaviy bog‘liqlikni yanada rivojlantirishga ko‘maklashuvchi ushbu loyihalarga alohida e’tibor qaratayotgani qayd etildi.
Muloqot davomida o‘zbek-afg‘on hamkorligining boshqa sohalardagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ham fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0