Jamiyat

Issiq-Koʻldan Toshkentga may oyida poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Vladislav Ushakov / Fotobankka oʻtishOzero Issыk-Kul
Ozero Issыk-Kul - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.03.2021
Yoʻlovchi poyezdi qatnovi koronavirus pandemiyasi tufayli oʻtgan yil toʻxtatilgan edi.
TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Joriy yil may oyida Toshkent – Baliqchi – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yoʻlovchi poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda, deb xabar berildi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsionerlik jamiyati saytida.
Toshkentda "Qirgʻiz temir yoʻli" milliy kompaniya davlat korxonasi rahbari Vasiliy Dashkov boshchiligidagi delegatsiyaning "Oʻzbekiston temir yoʻllari" boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Xusnutdik Xosilov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Otkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Siyosat
Qirgʻizistonda Soʻx anklaviga oʻtish tartibi tushuntirildi
Uchrashuvda yoʻlovchi poyezdi qatnovini tiklash masalasi boʻyicha bir qarorga kelingan. Eslatib oʻtamiz, temir yoʻl sostavining qatnovi oʻtgan yilda koronavirus pandemiyasi vaqtida vaqtincha toʻxtatilgan edi.
Rejaga koʻra, poyezd may oyidan boshlab besh oy davomida haftasiga bir marta qatnovni amalga oshiradi.
Toshkent – Baliqchi – Toshkent boʻyicha qatnov birinchi marotaba 2019 yilda turistik mavsum vaqtida yoʻlga qoʻyilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala