Dunyoda

Xitoyda oʻzbekistonlik olimlar hamkorligida yaratilgan vaktsinadan favqulodda foydalaniladi

© AFP 2018 / GREG BAKERFlag Kitaya
Flag Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.03.2021
Mazkur vaktsina Xitoy Xalq Respublikasida tezkor foydalanish uchun ruxsat berilgan koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan toʻrtinchi vaktsina hisoblanadi.
TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Oʻzbekistonlik olimlar hamkorligida yaratilgan vaktsinadan Xitoyda favqulodda foydalanishga ruxsat berildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
"Xitoy fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd farmatsevtika kompaniyasi tomonidan yaratilgan hamda oʻzbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda klinik tadqiqotlari olib borilgan koronavirusga qarshi yangi (SNO hujayrali) rekombinant vaktsinasi Xitoyda favqulodda foydalanishga ruxsat berildi", - deyiladi xabarda.
Massovaya vaktsinatsiya ot COVID-19 v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda Xitoy vaktsinasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Mazkur vaktsina Xitoy Xalq Respublikasida tezkor foydalanish uchun ruxsat berilgan koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan toʻrtinchi vaktsina hisoblanadi. Vaktsina ustidagi tadqiqotlar 2020 yilning boshida boshlangan boʻlib, ilmiy natijalari xalqaro “Cell” jurnalida chop etildi. 2020 yilning oktyabrida vaktsinaning I va II faza sinovlari yakunlandi.
Natijalarda vaktsinatsiyaning butun kursi davomida yengil reaktsiyadan ortiq jiddiy nojoʻya taʼsirlar yuzaga kelmagani qayd etildi, shuningdek, vaktsinani qabul qilishda samardorlikni baholovchi xususiyatlardan biri boʻlgan qonda neytrallovchi antitanachalarning hosil boʻlishi belgilangan talablarga toʻgʻri kelishi aniqlandi.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda aholini COVID-19ga qarshi emlash uchun nimalar qilinmoqda – video
2020 yilning noyabr oyidan Xitoy, Oʻzbekiston, Pokiston, Ekvador va Indoneziyada vaktsinaning III faza klinik sinovlari boshlandi. Mazkur III faza klinik tadqiqotlari muvaffaqiyatli oʻtdi, tadqiqotlarni birinchilardan boshlagan Oʻzbekistonda ham vaktsinaning jiddiy nojoʻya taʼsirlari aniqlanmadi.
Mazkur vaktsina boʻyicha tadqiqot ishlarida faol ishtiroki uchun xitoylik hamkorlar tomonidan Oʻzbekiston hammuallif sifatida tan olindi. Vaktsina Oʻzbekistonda ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan roʻyxatdan oʻtdi. Vaktsina saqlash va transportirovkasi jarayonlari kamharjligi bilan ajralib turadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala