O‘zbekiston Rossiyaga yuboriladigan pomidorlar ustidan sifat nazoratini kuchaytiradi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishTomati
Tomati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2021
Obuna bo‘lish
Rosselxoznadzor O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati inspeksiyasi vakillari bilan o‘tkazilgan videoanjuman natijalari xususida ma’lumot berdi
TOShKENT, 20 mar - Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaga yuboriladigan pomidorlarning sifatini nazorat qilishni kuchaytirmoqchi, deya xabar bermoqda Rossiya Federatsiyasi Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati.
Rossiya tomoni 2020-yilning dekabrida pomidorda zararkunandalar (jigarrang burishish virusi (tomato brown rugose fruit virus) aniqlangani tufayli Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridan ushbu mahsulot olib kirilishini ta’qiqlagan edi. Keyinchalik cheklovlar qisman bekor qilingandi.
Pomidori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2020
Rosselxoznadzor O‘zbekistonning yana 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi
Shu kunlarda Rosselxoznadzor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati inspeksiyasi vakillari bilan videoanjuman o‘tkazdi. Onlayn uchrashuvda O‘zbekiston RFga eksport qilayotgan pomidorlar sifati bilan bog‘liq muammoni qanday hal qilmoqchiligi muhokama qilindi.
Rossiya idorasi matbuot-xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati inspeksiyasi vakillari respublikada issiqxonalarni ToBRFVga tekshirmoqda.
Bundan tashqari, yaqin orada O‘zbekiston tomoni quyidagi normani joriy qilmoqchi: bunda korxonalardan mahsulotlarni jo‘natishda davlat inspektorlari ishtirok etadi va mahsulot xavfsizligini tasdiqlovchi tekshiruv guvohnomasini beradi.
 Vkusno i krasivo: kak sdelat fruktoviy buket svoimi rukami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Rossiya MDH davlatlari bilan o‘simliklar karantini bo‘yicha hamkorlik qiladi
Kelgusida ushbu aktlar asosida karantin fitosanitar sertifikatlarini berish rejalashtirilgan.
Shuningdek, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi vakillari Rossiya tomoniga zararlangan mahsulotlar yetkazilishiga sabab bo‘lgan holatlarning tekshiruv natijalarini yaqin kelajakda Rosselxoznadzorga yuborilishini ma’lum qilishdi.
Rosselxoznadzor O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan choralarni olqishlashini ma’lum qildi. Shu bilan birga, agar ular ikki mamlakat axborot tizimlari fitosanitariya sohasida iloji boricha tezroq integrallashsa, bu yanada samara berishi haqida fikr bildirdilar.
Yangiliklar lentasi
0