Rossiya chet ellik talabalarga o‘z chegaralarini ochdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaga kelgandan keyin talabalar takroran test topshirishlari kerak bo‘ladi, test natijalari chiqquncha esa o‘z-o‘zini yakkalash tartibiga amal qilish zarur etib belgilangan.
TOShKENT, 20 mar - Sputnik. RF hukumati koronavirus infeksiyasi tarqalish darajasi past bo‘lgan mamlakatlar talabalariga Rossiyada kunduzgi ta’limga qaytishga ruxsat berdi.
Rossiya hukumati shu vaqtgacha amal qilib kelingan chet ellik talabalarning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan ta’qiqni bekor qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri "Izvestiya"ga tayangan holda.
Ammo kunduzgi ta’lim shakliga faqatgina epidemiologik "tinch" mamlakatlardan bo‘lgan talabalargina qaytishlari mumkin.
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Matviyenko: Rossiya chegaralarini bosqichma-bosqich ochadi
Rossiyaga kirish ruxsat berilgan mamlakatlar ro‘yxati chet ellik talabalarga universitetlar tomonidan shaxsiy kabinetlar orqali, shuningdek, ta’lim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi rasmiy sahifalari orqali yetkaziladi.
Rossiya ta’lim vazirligi chet eldan keladigan talabalar uchun chegarani kesib o‘tish tartibini ishlab chiqdi.
Shu tarzda, Rossiya o‘z chegaralarini ochgan davlatlarning talabalari o‘z ta’lim muassasasini rejalashtirilayotgan sanadan o‘n kun oldin oldindan ogohlantirishlari shart. Shuningdek ular Rossiyaga kirib kelishdan uch kun oldin koronavirusga PSR-test topshirishlari zarur bo‘ladi.
Avtomatchik na postu DPS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
O‘zbekiston koronavirusli bir yilni qanday boshdan kechirdi
Bundan tashqari, Rossiyaga kelgandan keyin talabalar takroran test topshirishlari kerak bo‘ladi, test natijalari chiqquncha esa o‘z-o‘zini yakkalash tartibiga amal qilish zarur etib belgilangan.
Shuningdek, o‘quv jarayoni hozircha aralash ta’lim shakli asosida olib boriladi. O‘qish ham onlayn, ham oflayn formatda bo‘lib o‘tadi.
Kunduzgi ta’lim sanitar normalar va ijtimoiy masofa talablariga qat’iy amal qilingan holatda bo‘lib o‘tadi. RF Ta’lim vazirligi izohiga ko‘ra, respiratorli kasallik belgilari bo‘lgan talabalarga o‘qishga kelish man qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya OTMlari 2020-yilning noyabrida koronavirus pandemiyasi va shaharlarda kasallar soni keskin ortgani tufayli masofaviy ta’lim shakliga o‘tish qarorini qabul qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0