Iqtisod

UzAirways kompaniyasiga chiptalarni sotish talablarini soddalashtirish taklif etildi

© Press-slujba MinzdravaV Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan
V Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.03.2021
Taʼkidlanishicha, fuqarolar kassalardan oʻz yaqinlari uchun aviachipta sotib olmoqchi boʻlishsa, ulardan fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinmoqda. Bu esa yaqinlari boshqa viloyatlarda yashayotganlar uchun qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda
TOSHKENT, 20 mar – Sputnik. UzAirways kompaniyasiga aviachiptalar sotib olish boʻyicha belgilangan talablarni soddalashtirish yuzasidan senator soʻrovi yuborildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Oliy majlisi senati axborot-xizmati.
"...aholi bilan muloqotlar, joylardagi oʻrganishlar, tarmoqqa oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotining tahlili "UZBEKISTAN AIRWAYS" aktsionerli jamiyatiga qarashli aviakassalar faoliyatida, ayniqsa, aviachipta sotishda eskirgan byurokratik usullar hamon saqlanib qolayotganini koʻrsatmoqda. Xususan, "O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasining 2015 yil 25 oktyabrdagi 75-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Yoʻriqnomaning eskirgani, undagi tegishli normalarning takomillashtirilmagani fuqarolar uchun oʻrinsiz, mantiqsiz toʻsiqlarni yuzaga keltirmoqda", - deyiladi xabarda.
Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2020
Migratsiya
Mehnat migrantlari qanday qilib arzon chiptalar sotib olishmoqda
Mazkur Yoʻriqnomaning 3.1 bandiga muvofiq, agar fuqarolar "UZBEKISTAN AIRWAYS"ga qarashli kassalardan oʻz yaqinlari uchun aviachipta sotib olmoqchi boʻlishsa, ulardan fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinmoqda. Aks holda fuqarolarga aviachipta sotilmayapti. Oqibatda bu holat, ayniqsa, yaqinlari boshqa viloyatlarda yashayotganlar uchun qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda va yoʻlovchilarning haqli eʼtirozlari kundan-kunga koʻpaymoqda, deyiladi xabarda.
Biroq "UZBEKISTAN AIRWAYS" aktsiyadorlik jamiyatining "uzairways.online" sayti orqali onlayn tarzda fuqarolik pasportining seriya raqami va amal qilish muddatlarini koʻrsatgan holda aviachiptani qonuniy asoslarda sotib olish imkoniyati mavjud.
Passajirы v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.12.2020
Shifokorlar foydalanilmagan avia-chipta pullarini qaytarib olishdi
Yuqoridagilarni inobatga olib hamda mamlakat aholisini ortiqcha va sunʼiy toʻsiqlardan, sansalorlikdan xalos qilish, shuningdek, aviachiptalar savdosidagi korruptsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxanov "UZBEKISTAN AIRWAYS" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. I.Maxkamovga senator soʻrovi yubordi.
Unda “O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasining 2015 yil 25 oktyabrdagi 75-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Yoʻriqnomaga aviachiptalar sotib olish boʻyicha belgilangan talablarni soddalashtirishga qaratilgan tegishli oʻzgartishlar kiritish choralarini koʻrish va natijasi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etish soʻralgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala