Jamiyat

Mirziyoyev Navroʻz arafasida 140 kishini afv etdi. Ular orasida chet elliklar ham bor

© SERGEI SUPINSKYTyurma
Tyurma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.03.2021
Afv etilganlarning 12 nafarini chet el fuqarosi, 9 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxs, 13 nafarini ayol hamda 14 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxs tashkil etadi.
TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoni bilan 140 nafar fuqaro afv etildi.
“Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi.
Farmonga muvofiq, jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 140 nafar fuqaro afv etildi.
Zaklyuchennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2021
Jamiyat
Endi prezident oʻz tashabbusi bilan istalgan mahkumni afv etishi mumkin
Afv etilgan shaxslarning 4 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi, 69 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 8 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.
Shuningdek, 59 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi. Afv etilganlarning 12 nafarini chet el fuqarosi, 9 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxs, 13 nafarini ayol hamda 14 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxs tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala