Hodisalar

Asakada oʻqituvchi oʻquvchini ayovsiz doʻpposlagani yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

© Sputnik / Alexandr Kryazhev / Fotobankka oʻtishUchenitsa v klasse pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena po informatike v "Obrazovatelnom tsentre gimnazii № 6 "Gornostay" v Novosibirske
Uchenitsa v klasse pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena po informatike v Obrazovatelnom tsentre gimnazii № 6 Gornostay v Novosibirske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2021
Holat Asaka tumanidagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabida roʻy bergan. Oʻqituvchi maktabda oʻz oʻgʻlini urgan.
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Andijon viloyati Asaka tuman xalq taʼlimi boʻlimi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi. Unda tumandagi maktablardan birida oʻqituvchi oʻquvchini doʻpposlagani aks etgandi.
Maʼlum qilinishicha, holat Asaka tumanidagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabida roʻy bergan va bu tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan oʻrganilgan.
Shkola - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Jamiyat
Angrenda maktabda oʻqituvchi oʻquvchini urgani haqidagi xabarga izoh berildi
Boshlangʻich sinflarda tasviriy sanʼat va musiqa fanidan dars beruvchi oʻqituvchi U.M. oʻz oʻgʻli, yaʼni ushbu maktabning 4-b sinf oʻquvchisi M.I.ni doʻpposlagan.
Taʼkidlanishicha, oʻquvchi dars vaqtida soʻroqsiz uyiga ketib qolgan. Uning sinf rahbari SH.E. oʻquvchini surishtirib, farzandini darsda ishtirok etmaganini hamkasbi M.U.ga aytgan. U esa esa achchiq qilib oʻz farzandini urgan.
Ushbu holat yuzasidan Asaka tumani tumani voyaga yetmaganlar komissiyasiga murojaat etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala